Microsoft Word shaytanat2 ziyouz com doc


Download 0.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/228
Sana09.11.2023
Hajmi0.8 Mb.
#1760207
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   228
www.ziyouz.com kutubxonasi 
93
— Aka, men huzuringizga yig‘lab kelganim yo‘q. Zahar ichib o‘ladigan ahmoq emasman. 
O‘lsam ham olishib o‘laman, — Halimjon shunday deb shasht bilan o‘rnidan turdi. 
— To‘xtang, qizishmang, o‘tiring. 
«Azal kotiblari ushshoq baxtin qora yozmishlar, bu mazmun ila xat ul safhai ruxsora 
yozmishlar». 
— Nima deyapsiz, tushunmadim? 
— Joyingizga o‘tiring, Halimjon, o‘ylab ko‘raylik-chi. Siz menga o‘sha yigitlarning aft-
angorini tasvirlab bering. Boshlig‘i g‘ilaymi? Gavdali baquvvat odammi? Yoshi... o‘ttiz 
besh-qirqlarda, a? 
Halimjon voqeani qaytadan bayon qildi. Elchin g‘ilayni esladi. Uni xor etgan o‘sha to‘yda 
Hosilboyvachchaning atrofida ishshayib aylanib yurgan g‘ilayni ko‘rgan edi. 
— Asadbekning odamlari orasida bunaqa yigitlarni ko‘rmaganman. Lekin men 
surishtiray-chi. Avval ularning kimligini bilay, so‘ng chorasini izlaymiz.— Shu onda 
Elchinning xayoliga bir fikr kelib, ilmoq tashlab ko‘rishni ma’qul topdi: — Agar bu ishga 
Asadbek aralashsa, u haq talab qiladi. 
— Qanaqa haq? Pulmi? Menda pul yo‘q, aka, ketmonchining bolasiman. 
— Pul emas... agar u sizning «cho‘rniy poyas» ekaningizni bilsa, xizmatga taklif qilishi 
mumkin. 
— Xizmatdan qochmayman. 
Nima xizmat, deb so‘ramadingiz-ku? 
— Aka, nima xizmat ekaniga aqlim yetib turibdi. Odam o‘ldir, demasa bas. — Halimjon 
shunday degach, qaytishga izn so‘radi. 
Kutilmagan mehmon ketgach, Elchin anchagacha hovlida aylanib yurdi. U xizmat 
masalasida atayin ilmoq tashlagan edi. Yaqinginada yolg‘iz qolganidan siqilib turuvdi, bu 
yigitni Xudo yetkazdimi, bilmaydi. Nima uchundir bir suhbatdayoq unga ishongisi keldi. 
«Asadbek hammani ham xizmatga olavermaydi, qaysi yo‘l bilan bo‘lsa-da, bu yigitni 
tavsiya etish kerak», deb o‘yladi Elchin. 
Halimjonning qiz uchun olishib o‘lish haqidagi gapi Elchinning xayoliga o‘rnashib qoldi. U 
ham o‘zini chin oshiqlar safiga qo‘shardi. Noilasini sevardi. Ammo Noilaga yetisholmagan 
taqdirda o‘lishi mumkin yo mumkin emasligini o‘ylab ko‘rmagan edi. Noilaga osonlik 
bilan yetishgani uchun balki shunday bo‘lgandir. Ha... osonlik bilan yetishgan edi, 
osonlik bilan ajradi. Ana o‘shanda o‘limni bo‘yniga oldi. «Qamashsin, otishsin», dedi. 
Katta xato qilganini keyinroq angladi. «Bu yigitning aqli joyida, o‘lsa ham olishib o‘ladi», 
deb o‘yladi Elchin. 
U nima qilishini rejalashtirgach, Hosilboyvachchanikiga qarab yo‘l oldi. 
Hosilboyvachchaning hovlisi Asadbeknikiga nisbatan kengroq va shinamroq edi. 
Favvorali hovuz o‘rtasiga qurilgan shiyponda Hosilboyvachcha Shomil bilan nard o‘ynab 
o‘tirardi. Elchinni qarshilagan yigit uni shiypon yoniga qadar kuzatib kelib, orqasiga 
qaytdi. Hosilboyvachcha o‘yindan bosh ko‘tarmagan holda Elchinning salomiga alik oldi. 
Elchin Hosilboyvachchaning oliftagarchilik qilishini kutgan edi, ammo bunaqa to‘nkalik 
qilar, deb o‘ylamovdi. Bunday «lutf»ga e’tibor bermagan bo‘lib, ikki qadam narida 
turganicha o‘yinni kuzatdi. Shunda Shomilning bilagidagi cherkov tasviri diqqatini tortdi. 
«Mayda o‘g‘rilardan ekan-da», deb qo‘ydi. O‘yinni kuzatib, yana bir narsani sezdi: 
Hosilboyvachcha g‘irrom o‘ynardi. Kataklarni to‘ldirishda toshchalarning tushishiga 
qaramasdi. Shomil esa xuddi buni payqamagandek, tirishib o‘ynardi. 
— Mors! — dedi Hosilboyvachcha xursand holda. 
— Tosh yaxshi tushmadi, — deb o‘zini oqlamoqchi bo‘ldi Shomil. 
— Tosh yaxshi tushib tursa qozoq xotin ham yutadi, — Hosilboyvachcha shunday deb 
kerishib, Elchinga yuzlandi. — Keling, Hofiz aka, nimaga turibsiz, o‘tiring. Nechuk biz 


Shaytanat (2-kitob). Tohir Malik 

Download 0.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   228




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling