Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
179
Atir idishining qopqog‘i ochilib qolsa, hidi uchib ketadi, qadri yo‘qoladi. Ayolning nomusi 
ham shunday... 
Biron bir ayol xiyonat ko‘chasiga kirsa, eridan (Xudodan emas!) qo‘rqadi. Oilasi 
buzilishidan cho‘chiydi. O‘ynashining bag‘ridan chiqib, bolachasini bog‘chadan olib, eriga 
shirin taom tayyorlab o‘tiradi. Zaynab u toifadan emas. Eridan ham, oilasi buzilishidan 
ham qo‘rqmaydi. Unda qo‘rquv yo‘q, nafrat bor. Nafrat o‘qi birovga emas, o‘ziga 
qaratilgan. 
Ajab hol: suygani bilan xayolan quchoqlashsa, jingalak sochlarini suyib silasa... ham 
o‘zidan o‘zi uyalardi, ba’zan ojizona bo‘lsa-da nafratlanar edi. Keyin xayolidagi holati 
o‘ngida sodir bo‘ldi... O‘sha suygilisi bilan emas, butunlay begona bilan... 
Aytadilar-ki, fohishalar hayotida uch marta uyalar ekan: dastlab shu yo‘lga kirganda, 
ikkinchi marta pul olishida, uchinchi marta esa qarigan chog‘ida yosh xushtoriga pul 
berganida... 
Zaynab uchun uyatga o‘rin yo‘q, unda nafrat bor. Uning yo‘li fohishalar yoki eriga 
xiyonatkorlar yo‘li emas. Uning yo‘li — nafrat yo‘li. Unda mehr chechaklari o‘smas. U 
o‘tib kelgan muhabbat so‘qmog‘ini esa sassiq alaflar bosib ko‘zdan yo‘qotdi. 
Yosh juvon muhabbatdan uzoqlashsa — yomon... 
Jamiki erkak zotiga nafrat bilan qarasa — yomon... 
Dunyodan yolg‘iz o‘tishni maqsad qilib qo‘ysa — yomon... 
Zaynab yolg‘iz azob chekardi. Yonida tirik jon bo‘lishini istamasdi. U hatto Chuvrindining 
xotinini ham sig‘dirolmay qoldi. Uning mehribonliklari ham yoqmadi. U ketgach, bir oz 
yengillashganday bo‘ldi, ammo bir necha soatdan so‘ng yolg‘izlik zulmati uni battar eza 
boshladi. 
Xayolim chalg‘irmikin, degan maqsadda televizor qo‘ydi. Televizorda qo‘shiq aytayotgan 
qizning tasviri ko‘rindi. Qizning ko‘zlari ma’yus boqardi, ashulasi ham hazin edi: 
Xazon bo‘lgan bog‘da gul so‘larmikin... 
So‘lgan gulga bulbul kep qo‘narmikin... 
Qo‘shiqdagi nola Zaynab yuragining faryodiga hamohang edi. Shu bois uni oxirigacha 
eshita olmadi. Televizor kanalini o‘chirib, videokasseta qo‘ydi. Hind kinosini tomosha qila 
boshladi. Avval yaxshi ko‘rib tomosha qiladigani endi g‘ashini keltira boshladi. 
Aktyorlarning qilig‘idan jahli chiqdi. Yigit ko‘z yoshlari to‘kayotgan qiz qarshisida ont 
ichayotganda g‘azabga minib, qo‘lidagi yoqib-o‘chirgich qutichani otdida, hovliga chiqib 
ketdi. 
Hovlida dovdir odam kabi nima qilishini bilmay gangib turdi. Sovuq shamol esib o‘rik 
shoxlarini tark etgisi kelmayotgan barglarni bandidan uzib, to‘zitdi. Kecha Chuvrindining 
xotini supurib-sidirib ketgan bo‘lsa-da, hovli necha haftadan beri supurgi ko‘rmaganday 
holatda edi. Zaynab o‘zini ovutish maqsadida supurgini qo‘lga oldi. «Ko‘cha ham bir balo 
bo‘lib yotgandir», deb avval ko‘chadan boshlamoqni niyat qilib, darvoza eshigini ochdi. 
Zaynab supura turib, uch-to‘rt xonadon naridagi simyog‘ochga suyanganicha sigaret 
tutayotgan yigitga ko‘zi tushdi. Uning o‘zi tomon qarab-qarab qo‘yayotganidan 
shubhalandi. Ko‘chani chala-yarim supurib ichkari kirdi-da, eshikni qulfladi. Keyin 
«qo‘shnilarnikiga kelgan odamdir», deb o‘ylab o‘zini ovutdi. Hovlini supurgan bo‘ldi. O‘zi 
topgan bahona o‘zini ovuta olmadi. To‘plangan axlatni chelakka soldi-da, eshikni ochib
ko‘chaga chiqdi. Chiqdi-yu, o‘g‘rincha qaradi: yigit turibdi. Sal narida mashina ham 
paydo bo‘lgan. Zaynab qo‘lida olib chiqqanini qator turgan axlat to‘la chelaklar yoniga 
qo‘ydi-da, tez iziga qaytdi. Eshikni qulfladi. Yuragi qo‘rquvdan dukillab ura boshladi. 
Eshik yaxshi qulflandimi, deb tortib ko‘rdi. So‘ng shoshganicha uyga qaytdi-da


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling