Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
181 — Yo‘q. Birga yursak ham churq etmadilar. — O‘xshatgansanlar... Kesakpolvon Jamshidni tirik ko‘rganlaridan emas, uning Xongirey to‘dasiga aralashib qolganidan ajablandi. Zelixonning ixtiyori bilan Jamshid Moskvaga keltirilgani, besh-olti kun o‘rmondagi bir uyda yolg‘iz saqlangani, so‘ng «Aslida sen garovdagi odamsan, seni sinash uchun Krasnoyarga yuboryapmiz. O‘zingni ko‘rsat, Xongireyning ishonchli odami bo‘lishga intil!» deb buyurilganidan u bexabar edi. Kesakpolvon ulardan boshqa gap chiqmasligini fahmlagach, bo‘lak mavzuga o‘tdi: — Qaytganlaringdan keyin sheriklaringni ko‘rdilaringmi? — Ko‘rdik. — Kimga bo‘ysunish kerakligini aytishmadimi? — Aytishdi. — Xo‘sh, nimaga kelmadilaring? — Qayoqqa? — Onangnikiga! — Kesakpolvon shunday deb so‘kinib, tarsaki urib qoldi. Hozir Alining alamini Validan oldi, desak-da bo‘lar. Jamshidning Xongirey to‘dasida yurgani haqidagi xabar uning uchun kutilmagan zarba edi. Buni ham Chuvrindining ishi deb bildi. Chunki Jamshidni yashirishni o‘sha zimmasiga olgan edi. Bu yigitlar masalasida esa, ularni Chuvrindi kutib ololmagan taqdirda o‘zi amalga oshirishi shart edi. G‘aflat bosib, unutibdi. Yaxshi hamki bular landovurlarcha poyloqchilik qilib, Zaynab sezib qoldi. Yo‘qsa, ish qanday tugashini Yaratganning o‘zi biladi. Zaynabga bir nima bo‘lsa, Asadbek uni kechirmas edi... Hammomda davom etgan «Yalta muzokaralari»ning xulosasi shu bo‘ldiki, Hosilboyvachchaning yigitlari poyloqchiliklarini davom ettiraveradilar. Ulardan birining o‘g‘li, birining ukasi, yana birining singlisi garovga olinadi... Agar Zaynabning bir tolagina sochi to‘kilsa... Kesakpolvon aynan shunday dedi: — Agar Zaynabning bir tolagina sochi to‘kilsa... Shundan keyingina yuvinib olishga ijozat etildi. — Men ruxsat bermagunimcha hammomdan qimirlamalaring, — deb Kesakpolvon Zaynabning yoniga chiqdi. — Do‘ngi qizim, tez narsalaringni yig‘ishtir, biznikiga borasan. G‘alamislarning ko‘nglida shumlik bor. Ziyraklik qilibsan. Yura qol, o‘rtog‘ing ham uyda. Zerikmaysan. Zaynabning peshonasi sal do‘ng bo‘lgani uchun Kesakpolvon uni bolaligidan «Do‘ngi qizim», deb erkalardi. Hozir ham erkalab gapirgani uchun Zaynab ortiqcha savol berib o‘tirmadi. Bir sidra kiyimlarini olib, tayyor bo‘ldi. Zaynabning o‘rniga bu uyda Kesakpolvonning yigiti qoldi. Hosilboyvachchaning yigitlari esa Zaynabning «bir tolagina sochi to‘kilishidan» qo‘rqib, poyloqchilikni davom ettirishdi. 2 Asadbekning xastaligini bilgandan beri Kesakpolvon oromini yo‘qotdi. Uzoq yillar mobaynida yelkama-elka turgan do‘stining birdan yo‘qlik dunyosiga ketishi Kesakpolvonday bemehr odamda ham ikki turdagi tashvish uyg‘otdi. Biri yaqin insondan ayrilish tashvishi bo‘lsa, ikkinchisi (muhimrog‘i) uning o‘rnini egallash. Kesakpolvon mana shunga tayyor emasdi. Aniqroq aytiladigan bo‘lsa, u o‘zini Asadbekdan keyingi mutlaq hokim deb hisoblardi. «Chuvrindi ukaginasi»ning ulg‘ayib, hokimlik darajasiga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling