Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
4 
Botirovning «Ish»i bahona bo‘lib, Zohid vujudiga egalik qilayotgan bekorchi xayollardan 
qutula bordi. Nazarida aynan shu «Ish» tufayli adolat manziliga yetib boradiganday edi. 
U hali «Botirov — gunohsiz» degan fikrdan uzoq. Biroq, ko‘p masalalarning huquq 
chegarasidan narida hal etilgani uni ajablantirardi. Zohid muammolarning chigal iplarini 
yechishga urinayotgan damlarida uning arznomasiga rad javobi berildi — Sunnatullaev 
«Ish»i rasman yopildi. Said Qodirov bundan xabardor qilib qo‘ygani uchun Zohid ko‘kka 
sapchimadi. Bu «yangilik»ni yuvosh bola kabi xotirjam tarzda qabul qildi. Shu voqeaning 
ertasiga uni Said Qodirov yo‘qladi. 
Zohid yo‘qlovdan maqsad yana Sunnatullaev ishi bo‘lsa kerak, deb o‘ylab, gapni shu 
masaladan boshladi. Muovin ayolga uchrashgani, boshlig‘ining qo‘ng‘iroq qilganini... 
aytib berdi. Said Qodirov bu gaplarni ruhsiz holda eshitdi. Zohid buni sezib gapini qisqa 
qildi. 
— Bu endi siz bilan men uchun o‘tmish. Lekin uni keraksiz matoxday ko‘chaga 
uloqtirmang. Taxmonga ko‘rpacha taxlaganday taxlab qo‘ying. — dedi Said Qodirov. — 
Vaqti keladi hali, o‘shanda olib ishlatasiz. Siz bir yangilikni eshitdingizmi-yo‘qmi, shuni 
bilish uchun yo‘qladim. 
— Qanaqa yangilik? 
— Hosilboyvachchaning yo‘qolganidan xabaringiz bormi? 
— Hosilboyvachcha? Qanaqasiga yo‘qolarkan? 
— Shunaqa... izsiz yo‘qolgan. 
— Qiziq... Shunday odam ham izsiz yo‘qolarkanmi? Shotirlari-chi? Tirikmi hammasi? 
— Tirik. 
Zohid Said Qodirovning ko‘zlariga qaradi. Bu ko‘zlarda zohir bo‘lgan quvlik uning 
Hosilboyvachcha taqdiridan voqif ekanini sezdirib qo‘ydi. «Meni sinamoqchimi? «O‘ylab 
ko‘r-chi, fahming nimaga yetar ekan?» demoqchimi? Bu jumboqning nimasi og‘ir ekan? 
Shotirlari tirik. O‘zi esa yo‘q... Demak...» 
— Demak, bir-birlarini qirishni boshlabdilar-da? — dedi Zohid undan ko‘zlarini uzmagan 
holda. 
— Shunaqaga o‘xshaydi. Mendagi ma’lumotlarga qaraganda Hosilboyvachcha o‘ldirilgan. 
Asadbekning eski shahardagi uyida o‘ldirilgan. 
— Ma’lumot?... — Zohid «kimning ma’lumoti?» deb so‘ramoqchi bo‘ldi-yu bunday savol 
javobsiz qolmog‘i mumkinligini anglab, gapni burdi: — Ma’lumotga ishonsa bo‘ladimi? 
— Ma’lumot aniq. Hovlida ikki kishi otilgan. Bittasi Asadbekning kuyovi. U hozir 
kasalxonada. Ko‘chada ketayotganida noma’lum shaxslar allaqanday mashinada 
yaqinlashib, otishganmish. Jabrlanuvchining mashinasi ko‘chada turibdi. Ammo bir 
tomchi qon yo‘q unda. Vrachlarning xulosasiga qaraganda esa u ko‘p qon yo‘qotgan. 
Vaqtida ulgurib qon quyishmaganida o‘lib qolishi hech gap emas ekan. Mana, ekspertiza 
xulosasi, — u shunday degach qog‘ozlar orasidan keraklisini tanlab, Zohidga uzatdi. 
Unda o‘qning yo‘nalishini aniqlagan ekspertning xulosasi yozilgan edi. Unga ko‘ra, o‘q 
ro‘paradan otilgan. Agar jabrlanuvchi mashinasida o‘tirgan bo‘lsa ro‘paradan o‘q yeyishi 
mutlaqo mumkin emas. O‘q biqingami, chakkagami, boring, ana o‘girilib qaragan 
taqdirda peshanasigami sanchilishi mumkin. Lekin ro‘paradan?.. Sira mumkin emas. 
Agar mashina peshaynasi sindirib otilgan bo‘lsa?.. 
Zohid bu boshqotirmadan ajablanib, iyagini qashigan holda suhbatdoshiga qaradi. Said 
Qodirov uning xayoliga kelgan savolni uqqanday gapini davom ettirdi: 
— Mashina bus-butun, biron yeri ham tirnalmagan. Ma’lumotga qaraganda jabrlanuvchi 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling