Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet75/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
75
og‘ayni. — Jalil fotiha o‘qib, o‘rnidan turdi. Ostonaga yetganida Asadbek uni to‘xtatdi. 
— Qayt, o‘tir joyingga, — dedi-da, sukutga toldi. 
Jalil «Qo‘shning yomon bo‘lsa — ko‘chib qutulasan, xotining yomon bo‘lsa — qo‘yib 
qutulasan, oshnang ahmoq bo‘lsa — dardingni kimga aytasan?» deb ming‘irlaganicha 
joyiga qaytdi. Uning o‘rnidan turib, ketmoqchi bo‘lgani shunchaki po‘pisa edi. Asadbek 
to‘xtatmagan taqdirda ham hovliga chiqib, so‘ng bir bahona bilan qaytardi. U «rang ko‘r, 
hol so‘r», deganlaridek, o‘rtog‘ining ahvolini bilib turardi, ruh azobini uncha sezmasa-da, 
tan azobini salqigan mijja, quruq yo‘talning o‘zidanoq his etardi. Bek akasining yo‘qlovini 
bildirgan yigitdan «akangning kayfiyati qanday?» deb so‘raganida u javob o‘rniga 
boshini sarak-sarak qilib qo‘ygandayoq, ko‘ngli bir noxushlikni sezgan edi. Agar 
qorong‘uda kirib kelmaganida hovlidagi inson qonlarini ko‘rardi. Ana o‘shanda o‘rtog‘i 
bilan savol-javobi boshqacha bo‘lardi. U hovliga kirib to‘xtagan joyida oyog‘iga ilingan 
qonni ko‘lmakda hosil bo‘lgan balchiq deb o‘yladi. Uyga kirib poyafzallini yechayotganda 
ham qonga ko‘zi tushmadi. Uning uchun bir narsa oydin — o‘rtog‘ining vujudida xastalik 
bor. Asadbek dilidagi yarani esa u sezmaydi. 
Jalil «gaping bo‘lsa, ayt» deganday o‘rtog‘iga tikilib o‘tiraverdi. 
— To‘g‘ri aytding, — dedi nihoyat Asadbek, — sassiq bo‘lsang ham o‘zingdan o‘tadigani 
yo‘q... Bolalarni ko‘rib turasanmi? 
— Qaysi bolalarni? 
— Mahalladagi... Baxtiyor, Shavkat, Rahmat, Nusrat... 
— Kam ko‘raman. Hamma o‘zining tashvishi bilan ovora. Birov birovdan gina qiladigan 
zamon emas. Anavinda Shoqosimni ko‘ruvdim. Beldan olibdi. To‘qson yashar cholday 
gajak bo‘lib yuribdi. 
— Futbol o‘ynaganimizda zo‘r edi, a? Esingdami qo‘li singani? 
— Esimda... sen yiqitib sindiruvding. 
— Men atay yiqitibmanmi, oyog‘im chalishib ketuvdi. 
— Sening oyog‘ing hozirgacha ham chalishadi. 
— Bo‘ldi, sasima. 
— Xo‘p, sasimadim. Menga qara, do‘xtir tanish- laring ko‘p. Shoqosimni bir 
qaratsang-chi? Shu yoshida qiyshayib yurishi menga yoqmayapti. 
— Yaxshi aytding. Zo‘r do‘xtirga qaratamiz. Jalil, oshna bolalarni bi-ir yig‘maysanmi? 
— Senikigami? Kelishmaydi. 
— Nega? 
— Sen ulardan o‘zingni baland tutding. Ulardan o‘zing uzoqlashding. Biz bolalikda 
qancha edik, hozir nechta qoldik, bilasanmi? Kozim, Rahim, Turob, Habib, Mannop... 
Bittasi o‘ttiz beshda ketdi, bittasi qirqida ketdi... Janozalariga bormading-ku? Sag‘irlariga 
bir burda non bermading-ku? 
— Ha, gapiraver, og‘iz o‘zingniki, tilingning suyagi yo‘q. Xudo hech bo‘lmasa sening 
tilingni suyakli qilib yaratganida qanday yaxshi edi... 
— Sen Xudoning ishiga aralashma. O‘zingni bil. Mening tilimga suyak so‘raguncha, 
o‘zingga imon tila. 
Bu gapni eshitib, Asadbek achchiqlandi. O‘rnidan bir qo‘zg‘olib olib, o‘rtog‘iga o‘qraydi. 
— Nima demoqchisan? Hali men imonsizmanmi?! 
— Bu yolg‘iz Xudogagina ma’lum. Lekin bilib qo‘y: mahallaga machit qurdirganing bilan 
imonli bo‘lib qolmaysan. Mingta machit qurdir-u, o‘zingning peshanang sajdaga tegmasa 
bir pul. 
— Men machitni pesh qilganim yo‘q senga. 
— Men ham shunchaki aytdim. 
Asadbek chindan ham g‘azablana boshlagan edi. Gap talashuv shu zaylda davom etsa


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling