Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   231
VIII b o b 
1 
Yaydoq dalada turgan odamga osmonni qoplagan qop-qora bulutlar aytarli xavfli emas. 
Yomg‘ir yoqquday bo‘lsa, chorasi oson — ustiga yopinchiq tashlasa kifoya. Yoping‘ichi 
bo‘lmasa, nari borsa, yomg‘irda bo‘kar. Agar nafrat va alam buluti baravariga yopirilsa-
chi? Buning chorasi bormi? 
Asadbek o‘zicha chorasini topgandek bo‘lib edi. Nazarida Hosilboyvachchaga qarab 
uzilgan o‘q bu bulutlarni tarqatib yuboradiganday edi. O‘q otildi. Jon uzildi. Ammo nafrat 
va alam buluti tarqalmadi. Bil’aks, yanada quyuqlashdi. Murda olib chiqilib, o‘zi yolg‘iz 
qolgach, bu bulut pastlab, uni bo‘g‘a boshladi. Uyda o‘tira olmay, hovliga chiqdi. Bu 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
holatga uzoq chiday olmasligini fahmlab, hovlining o‘rtasida tik turganicha: «Mahmud!» 
deb baqirdi. Chuvrindining bu yerda emasligini u yaxshi bilardi. Ayni choqda yigitlardan 
birining eshik yonida shay turgani ham ma’lum edi unga. Chaqiruvdan so‘ng o‘tgan bir 
necha soniya unga soatday tuyuldi. Betoqatlanib, yana baqirdi. Eshik shasht bilan 
ochilgach, ostonada qotgan yigitga bobillab berdi: 
— Uxlab o‘tiribsanmi, xunasa! Ming marta chaqirishim kerakmi?! 
Yigit chindan ham uxlab qolib, ulug‘ bir ayb ish qilib qo‘yganday bosh egdi. 
Jalil akangni topib kel, imillama! 
Bular-ku, imillamaydi-ya, ammo Jalil deganlari uyidamikin, «Bek akam chaqiryaptilar», 
deb borishsa, «Aravangni tort, gapi bo‘lsa, o‘zi kelsin», demasmikin? 
Asadbek do‘stini shu xavotir bilan kutdi. Vujudiga hukm o‘tkaza boshlagan isitma yengil 
titroq uyg‘otdi. U «sovuq ta’sir qildi», deb o‘ylab, ichkari kirib, tanchaga o‘tirdi. Issiq 
badaniga xush yoqdi, biroq titroqni to‘xtatmadi. Chiroq nuri kamon o‘qiga aylanib, ikki 
qoshi o‘rtasiga sanchilganday g‘ashi keldi. Peshonasini siladi. Chiroq nuri o‘q qadashini 
kuchaytirganday bo‘ldi. O‘zini majburlab o‘rnidan turib, chiroqni o‘chirdi — hammayoq 
zimistonga aylandi. 
Hovli zimiston... 
Uy zimiston... 
Hatto qalbi zimiston. 
Dunyo zimistondan iborat. Dunyoda nur yo‘q. Hamma qorong‘ulik bag‘rida tentiraydi. 
Olamning kun va tunga bo‘linishi yolg‘on, quyoshning ko‘rinishi ham aldamchi bir holat. 
Oy ham yo‘q, yulduzlar ham yo‘q... 
O‘zini zulumot ixtiyoriga bergan Asadbekning nazarida shunday edi. Lekin uning bu fikri 
chaqmoq umri misol oz umr ko‘rdi. Ko‘chadan o‘tgan qaysi bir mashinaning chirog‘i 
atrofni yoritib o‘tdi. Keyin esa ko‘zlari qorong‘ulikka asta ko‘nika bordi. 
Bir osh damlarli fursat o‘tdi hamki, Jalildan darak bo‘lmadi. Asadbek endi asabiylasha 
boshlagan vaqtda ko‘chada mashina to‘xtadi. Ko‘cha eshigi ochildi. Odam qorasi ko‘rindi 
— ikki-uch qadam bosib hovliga kirdi. Yana to‘xtadi. Qorong‘u bo‘lsa ham Asadbek 
o‘rtog‘ini tanidi. Tanidi-yu, yuragi uvishdi. 
1950 yilning birinchi yanvar tongida ham Jalil shunday kirib kelgan edi. O‘shanda ham 
bir-ikki qadam qo‘ygach, to‘xtab, atrofga alanglagan edi. Uning bunaqa odati o‘shanda 
ham yo‘q edi. To‘g‘ri uyga kirib kelaverardi. Lekin o‘shanda... bir narsadan qo‘rqibmi, 
to‘xtagan edi. Endi-chi, nimadan cho‘chidi? 
— Asad! 
Jalil odatda hovliga kirishi bilan shunday deb baqirib qo‘yib, uyga qarab yurardi. 
O‘shanda ham, hozir ham past ovozda, birovni hurkitib qo‘yishdan qo‘rqqanday asta 
chaqirdi. O‘shanda Jalil javob kutib, so‘ng yana o‘sha ovozda «Asad», deb qo‘ygan edi. 
O‘shanda Asadbek o‘rtog‘ini ko‘rib yig‘lab yuboray degandi. Hozir ham yig‘lagisi keldi. 
O‘sha kezda Jalil javob bo‘lmagach, iziga qaytmoq uchun o‘girilganida Asadbek 
jonholatda «Jalil!» deb baqirib hovliga otilgan edi... Hozir esa qimirlashga majoli 
bo‘lmadi. 
— Asad! — Bu safar Jalil balandroq ovozda chaqirdi. 
— Jalil! Kiraver, uydaman. 
Jalil ichkari kirib, chiroqni yoqdi. Asadbek o‘tirgan holicha ko‘rishmoq uchun qo‘l uzatdi. 
— Ie, isitmang bor-ku, — dedi Jalil uning qo‘lini qo‘yib yubormay. — Nima qilib 
o‘tiribsan, bu zimistonda, tinchlikmi? 
— Tinchlik... seni ko‘rgim keldi, og‘ayni... 
— Ob-bo, namuncha inqillaysan? O‘likning ovozi ham senikidan yaxshiroq chiqadi. Ko‘tar 
gavdangni, dadil-dadil gapir. Asadbek ammamning buzog‘iga o‘xshab qolibdi, desa birov 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling