Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
70 — Bundan xavotirlanmang, ayriliq bo‘lmaydi, oyi. Qizlarning ota-onasi bizni bu yerda olib qolmoqchi emas. Ularning maqsadi qizlarini Vatanga uzatish. Shu yo‘l bilan Vatanga qaytish. — Qizlarini uzatib, o‘zlari yolg‘iz qolishadimi? — Oyi, hali ularning gaplarini tushundingizmi? Ularda hamma narsa bor. Faqat Vatanlari yo‘q. Vatansiz yashash ular uchun juda og‘ir. Biz buni tushuna olmaymiz. Vatan deyilsa ular qizlar tugul jonlarini ham berib yuborishga tayyorlar. «Biz Vatan hajrida kuyib o‘tyapmiz, farzandlarimiz kuymasin», deyishadi. Agar tarozining bir pallasiga farzandlaridan ayrilish azobi, boshqa pallasiga Vatan hajri dardi qo‘yilsa, dard bosib ketadi. Ular shunaqa odamlar. Biz o‘qishni tugatish bilan qaytamiz. — Xudo o‘sha kunga yetkazsin, ishqilib. Lekin... dadanglar nimagadir qaytishga shoshilmanglar, deganday bo‘ldilar. — Nima uchun? — Bilmadim, bolam... balki o‘zlari ham shu yoqlarga kelib yashamoqchidirlar. Ishlarini bilasan-ku... U yoqlar notinchmi, deyman? Manzura erining maqsadini aniq anglamagan edi, shu bois mavhumroq ohangda aytdi. Onasidan eshitgan yangilik o‘g‘il uchun kutilmagan edi. Bunda Said Muzaffarxonning niyati boshqa, unda Asadbekning umidi bo‘lak bo‘lsa?! Biri Vatanga intilsa, ikkinchisi esa qochmoq, yiroqlashmoq ilinjida... Samodagi qora bulut parchalarining biri manfiy, ikkinchisi musbat quvvatga ega bo‘lsa, yaqinlashmoq onlarida chaqin chaqnaydi, olam ostin-ustun bo‘lganday tuyuladi. Shu xayolga borib, Abdusamadning yuragi uvishdi. O‘ziga-o‘zi tasalli berish maqsadida: — Oyi, siz noto‘g‘ri tushungandirsiz? — dedi. Manzura o‘g‘lidagi o‘zgarishni sezib, xatosini to‘g‘rilamoqchi bo‘ldi: — Ha, bolam, xato tushungandirman. Adanglarni bilasan-ku, ochiq-sochiq gapirmaydilar. Bu yoqqa kelishlari... Yo‘q, kelmaydilar. Eski hovlilarini sog‘inib turadilar-ku... Bu yoqlarga butunlay kelarmidilar... Yo‘q, kelmaydilar. Chindan ham Manzura Asadbekni noto‘g‘ri tushungan edi. «Men o‘g‘illaringning o‘sha yerda o‘qib, o‘sha yerda ishlashlarini xohlayapman», deganida o‘zining ham ko‘chib borishini nazarda tutmagan edi. Garchi o‘sha suhbatda Asadbek uch-to‘rt yilda qaytishadi, deya gapini yumshatgan bo‘lsa-da, Manzuraga egalik qilgan xavotir iskanjasi bo‘shashmagan edi. Chuvrindi kuzatayotganda «Tilla taqinchoqlarni ko‘proq olavering, balki o‘sha yerda asqotar, balki uch-to‘rt oy o‘sha yerda qolarsiz», deganida eri aytgan «uch-to‘rt yil»ni eslab cho‘chib tushdi. «Zaynabni keyinroq yuboramiz», devdilar. Sekin- sekin hammamiz ko‘chib o‘tarkanmiz shekilli» deb ham o‘yladi. To‘g‘ri, keyingi paytlarda Asadbek oilasining o‘sha tomonlarda yashashini istab qoldi. Lekin o‘zining ham ketishi sira rejasida bo‘lmagan. Ayniqsa, xastaligi aniq bo‘lib, Hosilboyvachcha qiliqlarini boshlagan damda ketishni o‘ylashi mumkin ham emasdi. Uning birdan-bir niyati — oilasining tinchi va farovonligi edi. Bu niyati Manzuraga, alhol o‘g‘liga-da qorong‘u edi. 3 Manzura toliqqan bo‘lishiga qaramay tunda uxlay olmadi. Yumshoq o‘rin unga tikonzor kabi tuyuldi. Oilasidan ilk karra uzoq ketgani uchun qalbi notinch edi. Bezovta yurak yurtidagi noxushliklarni sezib, vujudini beholgina titratib turardi. Shu azobdan qiynalgan Manzuraga bu shaharning tuni behad uzunday tuyuldi. Uy isib ketib, nafas olishga arzirli havo qolmaganday bo‘ldi. O‘rnidan turib, peshayvonga chiqadigan eshikni ochdi. Yuziga salqin shabada urilib, orom oldi. Tashqarida maydalab yomg‘ir yog‘a boshlagan, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling