Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet91/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
91
bunga endi uzil-kesil ishondi. 
— Ularni o‘zimga qo‘yib bering! 
Takror aytilgan bu gapda endi qat’iylik zuhur edi. 
Yur uyga, — dedi Asadbek ostona sari chekinib. 
— Ularni menga qo‘yib berasiz, a? 
Asadbek «Bu qizlarning ishi emas», demoqchi bo‘ldi-yu, qizining shashtini qaytarishdan 
o‘zini tiydi. Bosh irg‘ab, tasdiq ishorasini qilgach, dahlizga, undan hovliga chiqdi. Zulm 
libosini o‘ziga ma’qul ko‘rgan Zaynab otasiga ergashdi. 
Dahlizga chiqqanida burchakda turgan qora xotinni ko‘rib, to‘xtadi. Qora xotin unga 
«aytmabmidim» deganday bir jilmaydi-yu, ko‘zdan yo‘qoldi. Uning bu xunuk jilmayishi 
Zaynabning xotirasiga mixlandi. 
Oradan kunlar o‘tib, Asadbek Hosilboyvachchani otishga shaylanganida ham, maqsadiga 
yetib qorong‘i uyida o‘tirganida ham qizining «Ularni o‘zimga qo‘yib bering!» degan 
gapini eslaydi. Eslaydi-yu, «Yo‘q qizim, bularga sening tishing o‘tmaydi. Xumordan 
chiqmoqchi bo‘lsang mayli, Mardona seniki» deb qo‘yadi. Shu qarori bilan Kumushning 
pokiza olamini tark etgan qizini o‘z olamiga qabul etadi. Zaynabga ham ayni shu kerak 
edi. Chunki u Hosilboyvachchaning qiliqlaridan bexabar edi.
2 
Zaynabning nazarida ichiga bir necha ilon kirib olib buralayotganday edi. O‘qchiq uni 
tamoman holdan toydirdi. Azob iskanjasida bo‘lganida Mardona ko‘ziga yana farishtaday 
ko‘rindi. Hatto bir necha marta telefon go‘shagini ko‘tarmoqchi bo‘ldi. Ammo o‘zini tezda 
qo‘lga oldi. Mardonaga nisbatan uyg‘ongan nafrat va zulm o‘ti azob otashidan ustun 
keldi. 
O‘zi bilan o‘zi olishib yotgan damda Chuvrindi kirib keldi. Otasining yaqin a’yoniga 
nimaga muhtoj ekanini ayta qolsa masala hal edi. Biroq, u aytmadi. Bu dardni 
yengmoqlik ahdi bor edi, bu ahdiga xiyonat qilmadi. Tishini tishiga qo‘yib, ingraganicha 
qolaverdi. U Chuvrindining yomon xabar bilan kelganini sezmadi. Dard xurujidan xoli 
bo‘lganida Mahmud akasining ko‘ziga qaraboq noxushlik yuz berganini anglarmidi... 
Oradan qancha fursat o‘tganini bilmadi. Ichidagi «ilon»larning navbatdagi qo‘zg‘alishidan 
so‘ng ko‘zini ochib qarasa — bir ayol o‘tiribdi. Avvaliga uni keyingi kunlarda ta’qib 
etayotgan qora xotin deb o‘yladi. Keyin fikri bir oz ravshanlashib, Chuvrindining xotinini 
tanidi. Ko‘rishmoq uchun o‘rnidan qo‘zg‘almoqchi bo‘ldi. 
— Asti urinmang, qoqindiq. Ko‘zikkanga o‘xshaysiz, — u shunday deb esnadi. — Voy 
o‘lsin-ey, qaysi betamizning ko‘zi tekkan ekan? Suq degani yomon narsa-da. Bu atrofda 
kinnachi yo‘qmikin? 
— Bilmadim... yo‘q bo‘lsa kerak. 
— To‘xtang, bo‘lmasa... — u shunday deb oshxonaga chiqdi-da, dam o‘tmay gugurt 
qutisini ko‘tarib kirdi. So‘ng qutini Zaynabning peshonalariga, ko‘kragiga bosib, o‘zicha 
kinna soldi. Keyin uchta cho‘pni chiqarib yoqdi-da, Zaynabning boshi uzra aylantirib
og‘ziga yaqin tutdi: — Puflab o‘chiring, qoqindiq. Ana endi turing. 
U Zaynabni hovliga boshlab chiqib, o‘rik daraxtiga yaqinlashdi. 
— Shu daraxtni mahkam quchoqlang. «Xudo, dardimni ol!» deng. 
Zaynab itoat bilan amrni bajardi. 
— Dardingiz shu daraxt orqali yerga o‘tib ketadi. Ana, ancha yengillashdingizmi? 
Ishonch bilan aytilgan bu gapdan so‘ng chindan ham bir oz yengillashganday bo‘ldi. 
Uyga kirgach, bir oz gaplashib ham o‘tirdi. Ularning suhbatlarini telefon jiringi buzdi. 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling