Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc


Download 0.83 Mb.
Pdf ko'rish
bet92/231
Sana09.02.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1182015
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   231
www.ziyouz.com kutubxonasi 
92
Zaynab bemajol qo‘li bilan go‘shakni ko‘tarib qulog‘iga tutdi-da, xasta ovozda «alyo», 
dedi. Qo‘ng‘iroq qiluvchining ovozini eshitgach, bir titradi-yu, go‘shakni qo‘lidan tushirib 
yubordi. 
— Voy qoqindiq, nima bo‘ldi? — dedi Chuvrindining xotini jon holatda. 
Zaynab javob bermadi. Lablari titrab, gapirolmadi. Chuvrindining xotini go‘shakni 
qulog‘iga tutib: 
— Alyo, kimsiz, nima gapingiz bor? — dedi. Qisqa du-dudutlashni eshitib, go‘shakka 
pufladi. Har ehtimolga qarshi: — Gapiring, — dedi-yu, so‘ng go‘shakni joyiga ildi, — 
Zaynabxon, kim ekan, nima dedi? 
— Elchin akamni... 
— Nima bo‘pti? 
— Kimdir otib ketibdi. 
— Voy o‘lmasam... — U shunday deb bir oz gangib turdi-da, keyin telefon go‘shagini 
ko‘tarib, uyiga qo‘ng‘iroq qildi. O‘g‘lidan «Adang keldilarmi?» deb so‘radi. «Yo‘q», degan 
javobni eshitgach, Asadbekning boloxonasidagi yigitlarga qo‘ng‘iroq qilib, ularga 
«yangilik»ni bildirdi. «Akangizni qaerdan bo‘lsa ham toping», deb topshirdi. 
Noxush xabar Zaynabning ichidagi ilonlarni yana uyg‘otib, harakatga keltirdi. Azobga 
chiday olmay, g‘ujanak bo‘lib oldi. Xotin nima qilishini bilmay hayron turganida eri kirib 
keldi. Chuvrindi xotinining «vahimali» xabarini xotirjam tarzda eshitib, Zaynabga 
achchiq-achchiq famil choy berishni tayinladi-da, chiqib ketdi. Shu ketganicha ertalab 
tabibni boshlab keldi. 
Sochlari jingalak, rangi oq-sariqqa moyil, ko‘zlari o‘tkir boquvchi tabib yigit «Nima gap? 
Qaeringiz og‘riyapti?» deb ham o‘tirmay avval Zaynabning ikki kaftini ko‘rdi, tirnoqlarini 
ohista ezdi, so‘ng bilak tomirini ushlab, boshini quyi egganicha, nimanidir ziyraklik bilan 
tinglayotganday jim qoldi. Ikki daqiqa shunday o‘tirib, so‘ng tilga kirdi: 
— Yaqinda farzandlari nobud bo‘libdi. 
Bu gapni eshitib, er-xotin bir-birlariga ajablangan holda qarab qo‘yishdi. Chuvrindi 
tabibga bu haqda gapirmagan edi, shu sababli ham hayratlandi. O‘zicha «Buni bekorga 
maqtashmagan ekan», deb qo‘ydi. 
— Yurak charchabdi, — deb davom qildi tabib, — qonga begona moddalar aralashgan. 
Ammo... ko‘p emas, xavotirli joyi yo‘q. Yaqinda boshlabdilar. Qonni tozalash mumkin. 
Tabib qo‘ygan tashxis Chuvrindiga ma’qul tushdi. «Bek akamni ham shunga ko‘rsatsam 
bo‘lar ekan», deb o‘yladi. Tabib sumkasini ochib undagi xaltachalardan bir chimdim-bir 
chimdim quritilgan giyohlar olib, qog‘oz ustiga to‘kdi-da, Chuvrindining xotiniga uzatdi. 
— Yanga, shuni uch litrli suvda qaynatib, so‘ng damlab qo‘ying. Keyin suzib, yuz 
grammdan to‘rt mahal ichirasiz. Bugun-erta dard qo‘zg‘aladi. Uchinchi kuni og‘riq 
pasayib, yo‘q bo‘ladi. Sut-qatiq bermay turasiz,— shunday degach, Zaynabga o‘girildi: 
— Qani, singlim, turing-chi... 
Zaynab zo‘rg‘a o‘rnidan turib, tabib ko‘rsatgan kursiga o‘tirdi. Orqa tomonda turgan 
tabibning nima qilayotganini bilmadi, ammo yelkalari qiziy boshlaganini sezdi. Dam 
o‘tmay, butun badani qizidi. Xuddi yoz chillasida quyosh nuriga orqa qilib o‘tirgan kabi 
terlay boshladi. Shu alpozda og‘riqdan xalos bo‘layotganday tuyuldi. Tabibning 
«Yengillashdingizmi?» degan savolini eshitib, bosh irg‘ab tasdiq ishorasini qildi. Keyin 
tabibning amri bilan joyiga yotdi. Tabib chakkalariga, bilaklariga, ko‘kraklariga soch 
tolasiday ingichka tilla ignalar qadagach, yanada yengillashib, uyquga ketganini o‘zi ham 
sezmay qoldi. Uyg‘ongach, Chuvrindining xotini bir piyoladagi taxir ichimlikni ichirdi. 
Ko‘ngli bir ag‘darilib o‘qchidi, ammo qayt qilmadi. 
— Akangiz kasalxonaga borib kelibdilar. Elchin akangiz ancha tuzuk ekanlar. Xavotir 
olmang. Sal tuzalib oling, keyin ko‘rgani boramiz. Akangiz «Bir-ikki kunda tuzalib, chiqib 


Shaytanat (3-kitob). Tohir Malik 

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   231




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling