Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
230 qariyalarga qo‘shilib, namozga o‘tgisi kelishi... o‘tishi qanchalik tabiiy bo‘lsa, tuzalib, dard orqaga chekingach, Xudoni unutib, shaytanat olamiga sho‘ng‘ib ketishi shunchalik ishonarlidir. Qalblarini yovuzlik zardobi bosib ketgan bunday kishilar osonlikcha iymonga kela qolmaydilar. Asadbek fojiasining butun dahshati ham shunda, sabog‘i ham shunda. «Shaytanat» asarida nurga yo‘g‘rilib, san’atkorona chizilgan bir talay obrazlar ham borki, ular ro‘monga o‘ziga xos ohang desammi, mung desammi, nur desammi taratib turibdilar. Bu eng avvalo Anvar, Zaynab, Elchin obrazlaridir. Anvarning zauraliklar bilan muloqotlari, ruhlar olamiga sayohatlari va nihoyat uning yozib qoldirgan xatlari asarga bir oydinlik bag‘ishlab, haqiqat nurini sochib turibdi. «Hurlik nimaning evaziga berildi? — deb yozadi u.— Qonlar evazigami? Jonlar evazigami? Jon berishga tayyor azamatlar bormi bu ulug‘ Turkistonda? Xumoyun Mirzo xastaligida tabib Bobur Mirzoga «Eng qadrli narsangizni atang», deganda shoh Bobur «Eng qadrli narsa — jonim, jonimni berayin», degan ekan. Xasta ona Turkistonga kim jonini fido qiladi? O‘limdan qo‘rqmas, botir o‘g‘lonlar nahot butunlay qirilib bitgan? Bu qanday hayot o‘zi? Kun bor — quyosh yo‘q. Osmon bor — yulduzlar yo‘q. Vatan bor — vatanparvar yo‘q... Alixonto‘ra Sog‘uniy domla aytgan ekanlar: «Agar o‘zbeklar oshning atrofiga birlashganday birlashganlarida edi, allaqachon erkka erishgan bo‘lar edilar. Men bu aqlli satrlarga ozgina tahrir kiritmoqqa jazm etdim: «Agar o‘zbeklar to‘planib, to‘y-ma’raka oshiga oshiqqanlari kabi iymonga oshiqqanlarida edi, mustaqillikka shubhasiz erishardilar». Ulug‘ Turkistonni faqat iymon birlashtiradi...» O‘sha kechagi sho‘rolar jamiyatida shunday odam jinni deb e’lon etilishi va o‘zini osibgina ruhiga erk berishi tabiiy edi. U shunday fojiona qazo topdi. Zamonga sig‘magan Anvarni ozod ruhlar chaqirib oldilar. Bu mungli qissa shaytonsaroyning gunoh kitobiga abadiy yozilib qoldi. Xuddi Asqar Qosim qissasi kabi... Elchin fojiasi kabi... Boyaqish Elchin. Shunday iste’dodli hofiz. Qaysi shayton uni yo‘ldan ozdirdi? Xonumonidan, suygan xotinidan ajratgani, o‘n yil qamoqxonalar tuzini tottirgani kam ekanmi? Qasos ko‘chasiga ro‘baro‘ qilmasa? Mana endi Asadbekni o‘tday kuydirib, sal taskin topdim deganda... Noilasi rozi emas. Axir uning ruhini rozi etish uchun qilmabmi edi shu ishni? Asarda haqiqatni oydinlashtirib kelaturgan ruhiy holatlar, parvozlar, o‘tgan yaqinlarning ruhlari bilan uchrashuv-muloqotlar nozik, muxtasar tasvirlarda aylanib-aylanib keladiki, ular ro‘monga yangi fazo va yangi havoday tushgan. Esingizda bo‘lsa, muallif o‘sha Farg‘onadagi ur-sur tasvirida birinchi bor shu uslubga murojaat etgan edi. Zelixon hushidan ketganida tushga o‘xshagan g‘alati bir narsa ko‘rganini o‘n og‘izgina so‘z bilan ifodalagan edi: «Boshimga zarba tushishi bilan hammayoq gir aylandi. Keyin atrofni zulmat o‘radi. Ikkita sharpa kelib, qo‘ltiqlab ko‘tardi. «Yaxshi bo‘ldi, bulardan qutqaradi», deb o‘yladim. Sharpalar qo‘ltiqlab ko‘targancha meni chir aylantirib balandga, juda balandga olib ketishdi. Xuddi sahrodagi girdobga tushib qolganday bo‘ldim. Keyin birdan zulmat tugab, yorug‘likka chiqdik. Atrof shu darajada yorug‘ ediki, ko‘zlarim qamashib ketdi. «Buni nimaga olib keldilaring, hali muhlat bor», degan g‘alati ovoz eshitildi. Keyin yana girdobga tushdim, yana zulmatda qoldim. Sharpalar meni yerga yotqizib, yo‘q bo‘lishdi. Keyin ko‘zimni ochsam... Yigitalining ayvonida yotibman. Zelixon javob kutib, Ismoilbeyga tikildi. Ismoilbey bir oz o‘yga toldi, chuqur xo‘rsindi. So‘ng: — Buning ta’birini aytishga fikrim ojiz, — dedi. — Vallohi a’lam, Tangrim joningni qaytarib beribdi. Buning ma’nosi shuki, endi sayoq yurishingni tashla. Qalbingni zangdan tozala... |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling