Microsoft Word shaytanat3 ziyouz com doc
Download 0.83 Mb. Pdf ko'rish
|
www.ziyouz.com kutubxonasi
227 etib, badaniga muz yugurdi. Nazarida qo‘l qovushtirib, qayg‘uga berilganday bo‘lib turganlar odamlar emas, balki lunjini shishirib, tilini o‘ynatib, bir hamla bilan chaqishga tayyor turgan ilonlar edi go‘yo. «Mana shu turganlarning qay biri qachon qay birini chaqar ekan? Mana shu turganlarning qay biri qachon odam zahrini totib o‘lar ekan? Rostmana ilonlar chaqadiyu qochadi, ikki oyoqlilar esa to ko‘mib tashlamaguncha tinchimaydi. Jasadni ko‘mish bilan cheklansa koshki edi...» Shayton yetoviga kirib ketgan iymonsiz kimsalarni bundan o‘tkazib tasvirlash mumkinmikan?! Shu o‘rinda men o‘zimdan bir og‘iz so‘z qo‘shgim keldi. Faqat shayton yetoviga tushganlargina shunday chaqqaylar! Iymonli kishilar bundan mustasnodirlar! Zaharning yolg‘iz davosi iymondir. Ollohga qaytmoqlikdir. Chindan ham solih kishilar, u dunyosini o‘ylagan zotlar bir-birini ayamaganlarini, amal, shuhrat, dunyo ketidan quvgan kishilardek bir-birlarini chaqib o‘ldirganlarini kim ko‘rgan?! Agar inson boshi sajdaga yetib ham, masjidga qatnab ham, hoji bo‘lib ham yomonligini qo‘ymabdi, dilozorligini tashlamabdi — u hidoyat topmabdi. Iymoni sust kimsalardir. Ularni taqvodorlarga tenglashtirmangiz! Tohir Malik asarining mag‘zi-mag‘zidan sizib chiqayotgan xulosa ham shu! Fan tilida «intuitsiya» degan atama bor. Oddiy tilda biz buni ichki his bilan sezish, deymiz. Uni qarangki, Ollohga qaytmoqlik — najot ekanligini Xurshidjon ham uchinchi kitobning bezaklarida o‘ziga xos talqinda tasvirlabdi. Asarda tabibga o‘z hukmini o‘tkaza olmagan Kesakpolvon uning chopqir otlarini otib tashlashga buyuradi, otlar o‘ldiriladi. Demakkim, «odamilon» o‘z zahrini sochdi, tabibni ruhan o‘ldirish niyatida uni chaqdi. Qoidaga ko‘ra rasmda ham shu narsa tasvirlanishi kerak edi. Rassom esa xudoning qudrati bilan ularga mangulik ato etibdi: o‘q otilyapti-yu,otlarga kor qilmaydi, biror tomchi qon ham yo‘q, ko‘zlar chaqnaydi, yovqur otlar go‘yo qanot chiqarib uchayotgandek yelib borishmoqda. Ya’nikim, imoni basalomat tabib g‘olib chiqdi. Otlar — uning orzulari ham mangulikka daxldor. Shaytanat olami girdobiga tushgan Elchinning majruh holati, o‘z jonini saqlab qolish uchun sadoqatdan yuz o‘girgan Shomilning oxir-oqibatda kallasi olinib sovg‘a tariqasida qutiga joylanishi tasviri; orzu-armonlari abadiy ko‘milgan Zaynabning achchiq qismati — barcha-barchasi biz uchun, hayot atalmish umr yo‘lining o‘nqir-cho‘nqirlaridanmi, jin ko‘chalariyu ravon yo‘llaridanmi ketayotgan har bir inson uchun hayotiy saboqlardir. Umuman olganda, Xurshid Ziyoxonovday yosh bir iste’dodning asarni shunday zukkolik bilan tushuna olishi, uning nozik tomonlarini ichki bir hissiyot bilan topib, uchala kitobdagi voqealarni tasvirda bir-biriga bog‘lab bizga yetkaza olganligining o‘zi alohida tahsinga sazovor! Men «Shaytanat» saviyasi mundayroq o‘quvchilarga mo‘ljallab yozilibdi, shuning uchun qo‘lma-qo‘l o‘qila-yotir, ularga jahon adabiyotining durdonasini bersangiz betiga qaramaydilar deb «kuyunayotgan»larni «O‘zingiz asar davomini qanday kutdingizu qay tariqa o‘qib chiqdingiz?» deb so‘roqqa tutgan bo‘lardim. Va shubhasiz, ular vijdonan, ichki tuyg‘ulariga erk berganlarida edi: «Intiqlik bilan kutdigu chanqoqlik bilan o‘qib chiqdik» degan bo‘lardilar. Vaholanki, «Shaytanat» olami — yaqin o‘tmishdagi bizning olamimiz, bizning voqeligimiz, bu olamni bir tirik vujud deb qaraydigan bo‘lsak, shu vujuddagi og‘riqlar, dard-xastaliklar bizning dardu alamlarimiz. Shunday ekan, nechun biz bu dardlarga, «dard ustiga chiqqan chipqon»larga befarq qarashimiz kerak? Tabobatda bemor dardiga shifo berish uchun, avvalo, kasallik tub-tubigacha aniqlanib, uning ildizlari ochib tashlanadi. So‘ng muolajaga o‘tiladi. Shuning barobarinda, «Shaytanat» dardlarimizga shifo berishda bir vosita — malhamdir ham. Aytingchi, qaysi bir bemor dardiga davo |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling