Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
229 qisdi: — Qaysi odamim? Qanaqa xiyonat qildi? — Halim degan odaming bormi? U anqov katta mol bilan qo‘lga tushgan. Asadbek kulimsiradi. — Men kulgili gap aytdimmi? — Agar arava qulasa olib tashlangan eski murvat aybdor bo‘ladimi yo yangi qo‘yilganimi? Xongirey o‘zining gapini eslab, g‘ijinib qo‘ydi. — Avvalgi uchrashuvimizdan keyin, — dedi Asadbek gapini davom ettirib. — Men butun hokimiyatni, shuning orasida odamlarni ham Haydarga topshirganman. Halimning qayoqqa, qanaqa mol bilan borganini bilmayman. — Nahot bilmasang? — Xongirey unga kiprik qoqmay tikildi. — Bilmayman knyaz, bilishni ham istamayman. — Agar xohlasang u bolani chiqartirib yuboraman. — Xohlamayman. Bu sening ishing. Sen bilan ish haqida gaplashishni istamayman. Men seni to‘yga taklif etgani kelyatuvdim, yo‘lda otangning o‘lganini eshitdim. — Kimdan eshitding? — Anzor «Anakonda»dan. — Tbilisiga nega bording? Anzorda ishing bormidi? — Men Anzor bilan hech qachon birga ish qilmaganman. Hozir ham chatog‘im yo‘q. Men Sulikoning bobosini to‘yga aytgani bordim. Ta’ziya ham bildirdim. — Men to‘ying o‘tib ketdi, deb o‘ylabman. — Biz do‘stlarsiz to‘y qilmaymiz. — Sen meni do‘st deb bilasanmi? — Xongirey zaharli kuldi. — Rahmat, rahmat. Mendan arazlab dushmanga aylangandirsan, deb o‘ylovdim. — Men arazlaydigan yoshdan o‘tganman. — Umuman, Bek, sen bekorga chetga chiqding. Chin do‘st bo‘lib ishlayversak bo‘lardi. Sen meni tushunmading. Bobolarimga qilich solganlarning zurriyodini qora dori bilan «siylayman». Senlar ham jabrdiydasanlar-u, ammo senda g‘urur yo‘q. — Sen hali qilayotgan ishlaringni g‘urur deb o‘ylaysanmi? — Sen-chi? Nima deb o‘ylaysan? — Begunoh odamlarni qirish g‘ururga kirmaydi, yovuzlik bo‘ladi. Sening qoradoring kofirni musulmondan, slavyanni chechendan ajratib o‘tirmaydi. Sen g‘urur deb o‘zingni aldama, menga ham ta’na qilma. O‘zing so‘rading, endi ochig‘ini aytaman, ranjima, sen aytgan g‘urur — oqib keladigan pul, boshqa narsa emas. Pul oqib kelmasa g‘ururing ham so‘nadi. Sen adashyapsan, knyaz, oqibati yaxshi bo‘lmaydi. — Hm... oqibatni sen belgilaysanmi? — Yo‘q. — Ha yaxshi, ko‘ramiz. Ochiq gapirganing uchun rahmat. Bu gaping chindan ham do‘stona bo‘ldi. Men oqibatni sen bilan birga ko‘rishni istardim. Mening haqligimni sen ham ko‘r. Ungacha o‘lib qolma. Bek, xo‘pmi? Qani, endi to‘ying qachon, aytmaysanmi? Asadbek to‘y kunini aytgach, Xongirey uzun hushtak chalib qo‘ydi: — O‘sha kuni men Polshada sayr qilib yurgan bo‘laman. Mening amakim Krakovni ozod qilishda halok bo‘lgan ekan, otamning vasiyati bilan ketyapman. Se-ning to‘yingga esa... Mamatbey boradi. Ranjima, jon qardosh. Xongirey o‘rnidan turib, Asadbekni quchdi. Bir ozdan so‘ng mehmonni kuzatib qaytgan Mamatbeyni Xongirey norozi qiyofada qarshiladi: — U to‘y qilyapti. O‘g‘illari sog‘lomga o‘xshaydi-ku? — Unchalik emas, men xabar olib turibman. Bir turib, bir yotyapti. Uzoqqa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling