Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet282/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
282
qonundagi o‘g‘ri hojatxonada chavaqlab tashlandi...» degan satrlar bilan boshlanardi. 
Asadbek maqolani oxirigacha o‘qimadi. 
Iliko uni dog‘da qoldirgani uchun armon bilan xo‘rsindi. 
Xongireyning o‘limini eshitgan Iliko ham shunday armon bilan xo‘rsinganda, Xongireyni 
tomsklik Balabuxaning yigitlari o‘ldirib ketishganidan u bexabar edi. 
Asadbek uyga sig‘may, ko‘chaga chiqdi. 
Nima uchundir ko‘cha gavjum edi. 
Asadbek nima uchundir odamlar oqimiga qarshi yurib borardi... 
Bu voqeadan bir yil o‘tib, O‘zbekistonning pokiza osmonida ozodlik bayrog‘i hilpiradi... 
 
AYTAR SO‘ZIMIZNING INTIHOSI 
Vasl tugab, firoqqa yetishildi. 
Uzoq yillar mobaynida behisob satrlar orqali tanishganimiz yaxshi-yomon odamlar bilan 
xayrlashish fursati yetdi. 
Hazrat Navoiy «Munshaot»larida «Mashaqqat esa ibtidosi aning, murod o‘lg‘usi intihosi 
aning», deb yozmish ekanlar. 
Olloh barchalarimizni mashaqqat sahrosidan kechib o‘tib, murodga yetishganlardan 
qilsin. 
Dastlabki satrlarni bitishdan oldin Yaratganga munojot etib, bayonlarimda Haq yo‘ldan 
toydirmasligini tilagan edim, yana iltijo etaman: Yo, Rab, bizlarni, to qiyomatga qadar 
zurriyodlarimizni ham adashganlardan qilmagin. 
Tangri taologa behisob-behisob va yana behisob shukronalarimiz bo‘lsinkim, o‘zining 
madadi ila shuningdek, Siz aziz kitobxonlarning duolari tufayli mo‘ljalimizdagi yana bir 
bayon nihoyasiga yetdi. Tangri tilagimizni ravo aylab, ajoyib bir baxt bag‘ishladi. 
Bundayin baxt siz azizlarga, xususan, hamasrlarimizga ham nasib etsin! Endigi tilagimiz: 
bajargan ishimiz xayrli bo‘lg‘ay. Omiyn ya Rabbil-olamiyn. Shubhasizki, bu bayonlarda 
qalamning ojizligi sababli yo‘l qo‘yilgan xatolar ham uchrar. Buning uchun tavbalar 
qilganimiz barobarinda Siz, azizlardan uzr so‘raymiz. 
Yana hazrat Navoiy debdilarkim: 
Intihosi ishqning hijron emish, ey ahli ishq, 
Vasl davroni aro mag‘rur bo‘lmang asru ham. 
Bizning bayonimizdagi ko‘p odamlar dunyo vasliga mag‘rur bo‘lib, oqibatda alamga 
bandi bo‘ldilar. Ular Yaratganning ogohlantirishini eshitmaslik uchun quloqlariga go‘yo 
qo‘rg‘oshin quydilar. Rahmonning eslatmalarini o‘qimaslik uchun go‘yo ko‘zlariga nil 
tortib, ko‘r bo‘lib oldilar. Bu dunyoda qul bo‘lishga arziydigan matohning o‘zi yo‘qligini 
fahmlamadilar. Oqibat, Olloh o‘zining va’dasiga ko‘ra, ularga shaytonlarni hamroh qilib 
qo‘ydi. Shayton ularni to‘g‘ri yo‘ldan to‘sdi. Qachonki qiyomat chinqirig‘i yangrab, 
bundaylar Ollohning huzuriga borishgach, afsus chekadilar va umrlari bo‘yi jonajon 
hamroh bo‘lgan shayton alayhila’naga qarab «Qani edi, men bilan sening oramizdagi 
masofa mag‘rib va mashriqchalik uzoq bo‘lsa. Sen eng yomon hamrohsan»*, der 
ekanlar. 
Olloh hech qaysimizni — o‘zimizni, zurriyodlarimizni, qavmu qarindoshlarimizni, 
birodarlarimizni, tanish-bilishlarimizni bundaylardan qilmasin, inshaolloh! 
Barcha, barchaga, hatto o‘zimizga dushman deb bilgan kimsalarga ham hidoyat bersin. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
283
Barchaga hidoyat nasib etsa bu dunyo qanchalar go‘zal bo‘lar edi, vallohi a’lam! 
________________ 
* Zuhruf surasining 39-oyatidan ma’no tarjima. 
© Tohir Malik
Islom.uz
ma'rifat markazidan olindi. 
www.ziyouz.com
- 2007 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling