Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
279 Jamshid ikki kundan so‘ng qaytib, ushlanib qolishi sababini aytdi. Jamshidni yo‘qlagan Xongirey oldinda katta ishlar turganligidan gapirib, Kesakpolvondan ko‘ngli to‘lmayotganini bildirdi: — U bir merov, laqma ekan. Bek akang qanday qilib uni yonida olib yuribdi? Jamshid «bilmayman» deganday yelka qisdi. — Men uning o‘rnida seni ko‘rmoqchiman, — dedi Xongirey o‘tkir ko‘zini unga qadab. Jamshid bu kutilmagan gapdan noqulay ahvolga tushib, undan nigohini olib qochdi. — Mening ustozim Zelixon og‘a odam tanlashni bilardi. Seni menga bekorga tavsiya etmagan. Sen noz qilib o‘zingni u yon-bu yon tashlamaginu, Bekning o‘rniga tayyorlan. Bek seni o‘ldirmoqchi edi. Istasang uni o‘ldirishing mumkin. Men uni senga sovg‘a qildim. Xongirey bu maqtovlardan so‘ng Jamshidga bo‘lajak vazifani tushuntirdi: — Kecha Moskvaga polshalik talabalar kelishdi. Komsomolning «Sputnik» degan sayyohlik xizmati bor, bilasanmi? Polshaliklar shularning taklifi bilan kelishgan. Ertadan keyin ular sening yurtingga uchishadi. Ularning orasida krakovlik bir yigit bor. Sen Krakovda bo‘lganmisan? — Yo‘q. — Adashma, bo‘lgansan, esingdan chiqdimi? Axir «yuksak askarlik burchingni» Krakov yaqinidagi Sovet qo‘shinlari safida o‘tagansan-ku? Jamshid Xongireyning nima demoqchi ekanini ang-lab, «davom etavering, maqsadingizni tushunyapman», deb qarab turaverdi. — Polshaliklar «Yunost» mehmonxonasiga joylashishgan. Sening xonang o‘sha krakovlik yigitning ro‘parasida. Yigitning ismi — Valdemar Vilchek. Xongirey shunday deb unga surat ko‘rsatdi. Keyin «Krakov» degan suratli kitobni qo‘liga tutqazdi. — Kechgacha ko‘rib, o‘qib, suv qilib ichib yubor. Kechqurun u bilan restoranda tanishasan. Qolgan topshiriqni Mamatbeydan vaqti kelganda olasan,— dedi Xongirey. Xongireyning topshirig‘ini, Valdemar bilan tanishib kelganini bayon qilib bo‘lgach, Jamshid «Endi nima qilamiz?» deganday Asadbekka qaradi. Jamshid «Krakov» degan so‘zni tilga olganidayoq Asadbek Xongireyning Krakovga borishi haqidagi gapini esladi. Otasining vasiyati, amakisining Krakov uchun bo‘lgan janglarda xalok bo‘lganini Jamshidning shu shahar yaqinida xizmat qilgani bilan bir narsa ekanini tushundi. Xongireyning maqsadini fahmlaganday ham bo‘ldi: — Polkovnikning o‘limini to‘rtinchi kasalxonada tobutga joylashganmidi? — Asadbek shunday savol berdi-yu, javob kutmay, o‘ylandi: «Polkovnik yashagan mehmonxonadan bu kasalxona uzoq. Yoshlarning mehmonxonasi esa juda yaqin... Krakovlik bola ham shu yerga tushmasmikin?..» — Mamatbey nima qilishni aytmadimi? — Yo‘q hali. — Bolani balki polkovnik singari mehmon qilarsan? — Yo‘g‘-e? — Molning yarmi shu yerda-ku? Sen to‘rtinchi kasalxonaga bor. O‘likni yorgan odamni top. Siquvga ol. Ammo qochirib yuborma, bizga ham bir xizmat qilib berishi mumkin. Agar men Xongireyning o‘rnida bo‘lganimda qoradorini chet elga Maskov orqali yubormas edim. Chegaradan katta molni olib o‘tish osonmas. Maskovga olib ketgan molni o‘sha atrofda pullaydi. Chet el bilan ahdi bo‘lsa — eng oson yo‘l shu. Bojxonada o‘lik titib ko‘rilmaydi. Sen Tarzanga tayinla. Yigitlarni xitlatib qo‘ymasdan Haydar akangni kuzatsin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling