Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
276 «Adamga aytmang», deb iltimos qildi. XXV b o b 1 Oysanam Erkaevaning uyiga poyloqchi qo‘yish kutilgan natija bermadi. Kesakpolvon bu uyga boshqa kelmadi. Asadbekning davrasidagi bo‘lak odamlardan ham darak bo‘lmadi. Shundan so‘ng Zohid mo‘ljalidagi ikkinchi ishni amalga oshirishdan oldin haydovchi Eshpo‘latovning uyiga borib, uning xotini bilan gaplashdi. Avvaliga Zohid uchun yangilik bo‘luvchi biron yangi gap chiqmadi. Oldingi tergovchining bayonnomasidagi gaplardan nariga o‘tmadi. Shunda Zohid so‘radi: — Eringizni tuhmat bilan o‘tiribdi, deb o‘ylaysizmi? — Unda nimaga o‘tiribdilar? — Eringizning chiqib kelishini istaysizmi? — Voy, nega xohlamas ekanman? Bolalarim «adam qachon chiqadilar?» deb siqilib ketishdi. — Unda yaxshilab eslang: Shokarimov yo‘qolgan kunlari eringiz uyga vaqtida kelgan ekan. Keyin-chi? Kechki payt uni hech kim chaqirmadimi? Xotin o‘ylanib turib: — Chaqirdi, — dedi. — Kim chaqirdi? — Qayinsinglim, Oysanam. — Nega chaqirdi? — Bilmadim. — Oldin ham chaqirib turarmidi? — Ha. Mashinasiz bir qadam yurmaydi. Sal narsaga yakshanba kuni ham chaqiraverardi. Boyaqish adamiz dam olish nimaligini bilmasdilar. — O‘shanda qaysi kiyimda borib-keldilar, eslang. — Ishga kiyadigan kiyimlari. Zohidning talabi bilan xotin o‘sha kiyimlarni javondan olib ko‘rsatdi. Zohid uning ijozati bilan boshqa kiyimlarini ham ko‘zdan kechirib, ayrimlarini tekshirtirish uchun oldi. Tekshirish natijasi o‘sha kuniyoq ma’lum bo‘ldi: pidjakning yengidagi qon dog‘i, shimdagi tuproq qoldiqlari Zohidni gumon sahrosidan haqiqat vodiysi tomon boshlaganday bo‘ldi. U shosh-qich ravishda tintuvga ruxsatnoma olib, qidiruv guruhi bilan Shokarimovning uyiga bordi. Yerto‘ladagi kavlab, jasad ko‘mib qo‘yilgan joy uning barcha savollariga javob berdi. Erining o‘sha kuni barvaqt kelgani, so‘ng orada mashmasha chiqib, katta janjalga aylangani, oqibat musht ishga tushganini Oysanam uyda emas, qamoqning so‘roqxonasida aytdi. «Men o‘zimni himoya qildim. «Bo‘g‘aman», deb yopishganlarida itarib yubordim, yiqilib, boshlari dazmolning uchiga tegdi. Shu bilan... jonlari chiqdi», deb uvvos tortib yig‘lashni boshladi. Masala yechilgach, necha oy davom etgan ish Zohidga oddiy gapday bo‘lib ko‘rindi. Zaripovani ozod qilish haqidagi qarorni yozib berdi. Bir ko‘ngli qarorni o‘zi olib borib, bu jabrdiyda ayolni kuzatib qo‘ymoqchi ham bo‘ldi. Lekin bahsda yengilganini tan olib borishni istamadi. Buning ustiga respublika prokuraturasidan Said Qodirov yo‘qlab qoldi. Zohid «Ish»ning yakuni haqida hisob berganidan so‘ng Said Qodirov: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling