Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
277 — Asadbeklarning ishi yangi bosqichga kiryapti, — dedi. — Ularning orasidagi odamimiz topildi. Uni narkokurer sifatida Krasnoyarga yuborishgan ekan. Nazarimda sinab ko‘rishmoqchi bo‘lishgan. Uning xabariga qaraganda, Asadbek o‘zining eng yaqin sherigidan uzoqlashgan. Oraga Moskva mafiyasi aralashgan. Demak, ishi yana ham qiyinlashadi. Moskva jinoiy guruhining militsiya bilan aloqasi yaxshiga o‘xshaydi. Biz bir yangi gap topib u yoqqa yuborsak, yo‘q bo‘lib ketishi mumkin. Krasnoyarda bizning odamni mol bilan qo‘lga olishgan. Lekin uning uyiga tekshiruv kelmagan. Biz tomonga xabar ham berilmagan. Keyin uni qamoqdan chiqarishgan. Hozir unga ish buyurmay qo‘yishgan. — Chaqirib olish kerakdir? — Hali vaqt bor. Asadbekning «Kesakpolvon» laqabli sherigi Moskva guruhi bilan qoradori bo‘yicha katta ish boshlaganga o‘xshaydi. Asadbek chetda emish. Nega? Shuni aniqlash kerak. Yana bir gap: Mirodil degan odamning xotini bizga murojaat qildi: eri yo‘qmish. Mahmud Ehsonovning janozasidan keyin yo‘qolgan. «KamAZ»dan tushgan odam o‘shanga o‘xshaydi: past bo‘yli, kallasi katta. Laqabi ham shunga yarasha — Xumkalla. — Tinchitib yuborishganmi? — Shunaqaga o‘xshaydi. Bu ishlar bo‘yicha ma’lumot yuqori idoraga qadar yetib bordi. Yangi kattamiz bu masalada juda qattiq talab qilyapti. Biz sizni bu yoqqa ishga chaqirish maslahatini pishirib qo‘ydik. Asadbeklar doirasiga bog‘liq yopilgan hamma ishlar qayta qo‘zg‘otiladi. Nima deysiz? Zohid yangi rahbarning talablari haqida mayor Soliev aytgan gaplarni eslab, «demak, asosiy ishlar endi boshlanadi», deb qo‘ydi. — Nega o‘ylanib qoldingiz? Taklif yoqmadimi? Yo Qo‘rqyapsizmi? — Qo‘rqyapman. Shu ishning chala qolishidan qo‘rqyapman. — Endi bundan qo‘rqmang. Vaqtincha, aldovchi chekinish tugadi. Said Qodirovning bu gapidan Zohidning ko‘ngli yayrab: — Qahva ichmaymizmi? — deb so‘radi. — Ha, albatta, endi aqlni peshlab olish kerak. Ikki kundan so‘ng Zohid Said Qodirovning yonidagi xonadan joy oldi. Ularga harakatning asosiy yo‘nalishini o‘n kun ichida ishlab chiqish topshirildi. Ular guruhning jinoyatlarini bir-bir bayon qilib berishlari mumkin edi. Ammo ularning zimmasida buni isbot etish, guruhning barcha a’zolarini jinoyat ustida qo‘lga olish vazifasi turardi. U damda Zohid o‘zining bu urinishdagi birinchi qurbon bo‘lishini bilmas edi. 2 Zohid ish joyini o‘zgartirgan kuni Asadbek o‘g‘li, kelinlari bilan Moskvaga qarab uchdi. Uning qaroridan Kesakpolvon Xongireyni ogoh etib, «Jamshid birga kelsin», degan topshiriqni oldi. Jamshidning shaharda Tarzan bilan qiladigan ishlari bor edi. Shuning uchun Asadbek uning o‘ziga xamroh bo‘lishini noxushlik bilan qabul etdi. Moskvada ularni Ilikoning o‘zi kutib olib, ikki kundan so‘ng Abdusamad bilan kelinlari o‘zi kuzatdi. Kuzatadigan kuni ertalabdan Asadbekning ko‘ngli g‘ash bo‘ldi. Nazarida farzandini, kelinlarini so‘nggi marta ko‘rayotganday edi. «Sheremetevo-2»ga yetib borishganda bolalari tekshiruvdan o‘tayotgan ekan. O‘g‘lini bag‘riga bosib o‘pganida, kelinlari Ovrupo odatiga ko‘ra uning yonog‘idan o‘pishganda, ayniqsa Mushtariy yig‘idan ovunolmagan holda asta-asta uzoqlashayotganida undagi g‘ashlik alanga oldi. Chap ko‘kragidan bir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling