Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet280/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
280
Asadbekning taxmini to‘g‘ri chiqqanini Jamshid polshaliklar Urganchdan qaytishganda 
bildi. Mamatbey Krakovlik yigitni yaxshilab mehmon qilishni topshirib, qo‘liga ixcham 
yelim xaltachada kukun berdi. Jamshidning vazifasi shu kukunni musallasga solish edi 
xalos. Polkovnikni kuzatib borganday borishi, kutib o‘tirishi lozim emasdi. Kechasi 
qornida kuchli og‘riq turgan mehmonni «Tez yordam» eng yaqin joyga — to‘rtinchi 
kasalxonaga olib bormog‘i muqarrar edi. 
3 
Jamshid polshalik mehmonlar bilan uchgan kunning indiniga Xongirey xos yigitlari bilan 
birga Varshavaga, avtomobil safariga yo‘l oldi. U hammasini aniq hisoblab chiqqan edi. 
Polshaliklar Urganch sayohatidan qaytishib, Jamshid Valdemarni mehmon qilayotganida 
Xongireyning mashinasi Brest chegara postidan o‘tgan edi. Uning mo‘ljalicha, Polsha 
yerlarida sayru-sayohat qilib Krakovga kelgunicha Valdemarning jasadi solingan tobut 
Krakovga keltirilib, marhum yerga topshirilishi kerak edi. 
Xongireyning rejasidan bexabar pan Lyubomirskiy mehmonlarni qarorgohida kutib olib, 
ziyofat qilgach, olib kelingan qoradorining miqdori bilan qiziqdi. 
— Siz aytgandan ko‘ra ko‘proq, — dedi Xongirey unga ayyorlik bilan boqib. 
So‘ng molning qaerdaligini aytdi. Bu yangilik ko‘pni ko‘rgan panni ham taajjubga soldi. 
O‘likning qorniga qoradori tiqish hatto unga ham vaxshiylik bo‘lib tuyulib, qoshlarini sal 
chimirdi. 
— U holda beriladigan pulning o‘n foizini chegirib qolamiz, — dedi u. 
Kashfiyoti uchun pandan olqish eshitishni niyat qilgan Xongirey uning bu gapidan 
ajablandi: 
— Nega endi? Ahdni buzasizmi? 
— Ahd buzilmaydi. Biz bir polshalik yigitni o‘ldirishga ahdlashmagan edik. O‘n foiz 
marhumning oilasiga beriladi. 
— Uni biz o‘ldirmadik. Ko‘p meva yeb, zaharlangan. 
— Yosh yigitlar bekorga zaharlanishmaydi. 
Xongirey qovog‘i soliq panning bir so‘zli ekanini bilib: 
— Xo‘p, unda besh foizini beramiz, — dedi. 
— Men savdolashmayman, — dedi pan keskin tarzda. — Pulni siz bermaysiz, biz olamiz. 
Ortiqcha e’tirozga o‘rin qolmadi. Kech kirishi bilan yo‘lga otlanishdi. Pan Lyubomirskiy 
Xongireyning yigitlaridan qurollarni oldirib qo‘yib, ularni qarorgohda qoldirdi. O‘zi ham 
qabristonga bormadi. Xongirey uning yordamchilari bilan qabristonga borib tobutning 
chiqarib olinishini, ochilishini o‘zi kuzatdi. Jasadning egnidagi kiyim yechilishi bilan 
yorilgan qorinni tikkan iplarga qaradi. Iplar kelishilgandek zarhal edi. Tugunlari ham 
belgilangancha edi. Xongirey «demak, yo‘lda ochishmabdi», deb yengil tin oldi. Biroq, 
murdaning qorni ochilib, qoradori o‘ralgan tuguncha ko‘rinmagach, ko‘z oldi 
qorong‘ulashdi. Pan Lyubmirskiyning yordamchisi «nega aldading?» yoki «senga kim 
pand berdi?» deb so‘rab o‘tirmadi. Yigitlariga imo qilishi bilan Xongireyning qo‘llari 
orqasiga qayrilib, kishan urildi. 
Pan Lyubomirskiy ham «nega unday bo‘ldi?» deb surishtirmadi. 
— Sen bilan ish pishmasligini sezgan edim. Gamlet hadeb maqtagani uchun ishonibman. 
Sen katta ish qilolmas ekansan. O‘zingning bu yoqqa kelishing, sening eng katta 
ahmoqliging. Rejangning nima uchun amalga oshmagani bilan mening ishim yo‘q. Bu 
sening masalang. Bundan bu yog‘iga sen Lvovga ham yaqinlashmaysan. O‘lgan yigitning 
xunini esa baribir to‘laysan. Yigirma kilo dorining hisobidan berasan. Pul kelguncha 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   274   275   276   277   278   279   280   281   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling