Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc


Download 5.08 Kb.
Pdf ko'rish
bet274/282
Sana05.04.2023
Hajmi5.08 Kb.
#1274736
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   282
Bog'liq
Shaytanat 4- kitob (2)

www.ziyouz.com kutubxonasi 
274
— Tobut og‘ir bo‘lib ketarmikin? 
— Yo‘q... unday emas... Mamatbey shu yerda bo‘lsa, demak, ishning chalasi bor. 
— Bu ishning bir uchini Halimga aytaymi? 
— Nega? 
— Agar xitlarga xizmat qilishi aniq bo‘lsa, darrov xabar yetkazadi. Ular Moskovga darak 
berishadi. Maskovliklar o‘likni ochib ko‘rishadi. 
— Keyin-chi? 
— Keyin?.. — Jamshid «bilmayman» deganday yelka qisdi. 
— Keyin Xongirey senga yopishadi. Hozircha indama... 
Asadbek bedor tunda o‘ylay-o‘ylay, chekinib xatoga yo‘l qo‘yganini anglab yetgan edi. 
Harna bo‘lsa ham o‘rnida mahkam turmagani uchun o‘zini la’natladi. Endi paysalga 
solmay xujumga o‘tishni mo‘ljallab, qarorgohini shahar markazidan Eski jo‘vadagi 
vassajuftli uyga ko‘chirishga ahd qilgan edi. Hozir o‘sha ahdiga binoan Jamshidga 
topshiriq berdi: Eski jo‘vadagi uyni qanday topishni tushuntirib, Tarzanni yoniga olishni 
buyurdi. 
3 
Elchin aravachada yurib o‘zini o‘zi eplab qolgani uchun Zaynab kunduzlari onasining 
yonida bo‘lardi. Tunda esa otasi kabi qiynalib chiqardi. «Men hayotdan to‘ygan edim, 
jonimni olmading. Akam yashashi kerak edi, o‘limni yubording», deb u ham Yaratganga 
da’vo qilardi. Da’volari tilga ko‘chmagani sababli uni tavbaga da’vat etuvchi yo‘q edi. 
Zaynab otasining xohishiga ko‘ra, peshinga qiymali sho‘rva qildi. Ovqatlanib bo‘lishgach, 
Asadbek Abdusamadni chaqirdi-da, «kelinlar uyda siqilib o‘tiraverishmasin, shaharni 
aylantirib kel», dedi. Ular ketishgach, Zaynab onasi bilan birga shiyponni yig‘ishtirdi. 
Ko‘rpachalarni qoqib, qayta solishayotganida Asadbek chiqib, ona-bolaga «o‘tiringlar», 
dedi. 
— Kecha kechqurun doktor Xudoyor qo‘ng‘iroq qiluvdi, — dedi Asadbek Zaynabga qarab. 
Manzuraga bu ma’lum edi. Doktor Xudoyorning nima deyishi mumkinligini ham bilardi. 
Shuning uchun kechadan beri «u kishi nima dedilar?» deb so‘rashga yuragi 
betlamayotgandi. Asadbek esa Manzuraning so‘rashini kutayotgandi. Xotinidan sado 
chiqavermagach, Zaynabga qarab gap boshlagan edi. 
— Doktor Xudoyor sal xafa bo‘lib gapirdi. 
— Nega? — dedi Manzura. 
— Senga nima deb tayinlaganidi? Bir oyda qaytishsin, deganmidi? 
— Voy, adasi... — Manzura e’tirozini boshlay olmadi, Asadbek uning gapini shart uzdi: 
— Ularga bahonang o‘tmaydi... Men Hamidni... aytmadim. Shu hafta bularni jo‘natishga 
va’da berdim. 
— Shu hafta? — eri bilan bahslashishga odatlanmagan Manzura chorasizlikdan bosh 
egdi. 
— Hamid ham aytuvdi... Ozgina chidagin endi... o‘qishlari chala qolmasin. 
Keyingi gapni Asadbek yalinish ohangida aytib, Manzuraning ko‘nglini battar vayron 
qildi. Asad- bek — Asadbekligini qilib, qat’iy tarzda xohishini bayon etganida 
Manzura ham, Zaynab ham ezilishmas edi. Manzura piqillay boshlaganidan keyingina 
avvalgi Asadbekning ovozi chiqdi: 
— Bo‘ldi qil. 
— Kelin ham ketadimi? 
— Ularning ham o‘qishi bor-ku? Xohlasang birga keta qol. 


Shaytanat (4-kitob). Tohir Malik 

Download 5.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   270   271   272   273   274   275   276   277   ...   282




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling