Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
275 — Voy... — Manzura «o‘g‘limning arvohini chirqiratib tashlab ketamanmi?» deganday eriga qaradi. Asadbek xotinining bir qadam nariga jilmasligini bila turib, bu taklifni aytgan edi. Shu sababli uning qarashiga e’tibor bermadi. Abdusamadning ham, kelinlarning ham shahar aylanadigan kayfiyatlari yo‘q edi. Otalarining xohishiga ko‘ra chiqqanlari uchun uzoq yurishmadi. Ular qaytib kelishgach, Zaynab akasini xoli xonaga chaqirib, adasining gaplarini yetkazdi. — So‘rashga uyalib yuruvdim, yaxshi bo‘libdi, — dedi Abdusamad. — Ketishni xohlayapsizmi? — dedi Zaynab. — O‘qishni chala tashlashim kerakmi? — Adam bilan oyimni shu holda tashlab ketaverasizmi? — Sen borsan-ku? — Ketmang. — Nega? — Adamni yolg‘iz qo‘yish mumkinmas. — Nega? — «Nega, nega?» deyaverasizmi?! Tushunmayapsizmi? Hamid akam o‘zlaricha kasal bo‘ldilarmi? — Nima deyapsan? — Hamid akamni adamning dushmanlari o‘ldirishgan... Abdusamadda ham shunday fikr bor, ammo bu gumon aniq tasdig‘ini topmagani uchun ishonmaslikka harakat qilardi. Singlisidan bu haqiqatni eshitib, lol qoldi. — Kimdan eshitding? — Birovdan eshitishim shartmi? Men aniq bilaman. Siz bosh o‘g‘ilsiz, qasos olish kerak! — Zaynab, senga nima bo‘ldi, bunaqa gaplarni gapirma. — Qasos olmasak, Hamid akam go‘rida tikka turadi. Zaynabning xuddi otasi kabi keskin gapirishi Abdusamadga ta’sir etdi. Singlisiga bir nima demoqqa qiynaldi. So‘ng so‘z topishga urindi: — Zaynab, bunaqa demagin. Agar dushmanlarning ishi bo‘lsa ham adam nima qilishni o‘zlari biladilar. Bizni bunaqa ishlarga baribir yaqinlashtirmaydilar. Agar aralashishimizni istasalar bizlarni o‘qitmasdilar. Sen bilan men nimani bilamiz? Limonad tsexlari bor, taksi kooperativlari bor. Yana nima? Qolgan gaplarni mish-mishlar orqali bilamiz. Adam bizning oldimizda ishdan hech gapirmaganlar. Demak, bizni bosh-qa odam bo‘lishimizni istaydilar. — Qanaqa odam? — Masalan, olim bo‘lishimizni... — Qasos-chi? — Bu gapni xayolingdan chiqarib tashla. — Hech qachon! Agar siz ketsangiz, o‘rningizga o‘zim qolaman! Zaynab shunday deb chiqmoqchi edi, Abdusamad yo‘lini to‘sdi. Kesakpolvon «Asadbekning asl qizi», deb yanglishmagandi. Yumshoq ko‘ngilli Abdusamad singlisining yo‘liga g‘ov bo‘lolmadi. Abdusamad bilan kelinlar safar tadorigini ko‘rishayotganida Zaynab Jamshidni uchratish harakatida bo‘ldi. Uchrashdi ham. Maqsadini aytdi ham. Biroq, Jamshiddan o‘zi kutmagan javobni eshitdi: — Bu erkaklarning ishi. Agar men o‘lsam, mening o‘rnimga sen kelasan. Ungacha bu gaplarni xayolingdan chiqarib tashla. Bek akamning yonlarida men borman, ko‘nglingni hotirjam qilaver. Abdusamad ham «bu gapni xayolingdan chiqarib tashla», devdi. Zaynab chorasiz qoldi. Ahdidan otasi ogoh bo‘lsa, o‘zining uy qamog‘iga mahkum etiluvini anglab, Jamshiddan |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling