Microsoft Word shaytanat4 ziyouz com doc
Download 5.08 Kb. Pdf ko'rish
|
Shaytanat 4- kitob (2)
www.ziyouz.com kutubxonasi
278 nima uzilganday bo‘ldi. U hatto «yuragim hozir yoriladi, bu ayriliqqa chiday olmaydi», deb o‘yladi. Yuragi yorilib o‘lganlarni ko‘p eshitgan: avval ko‘z oldi qo-rong‘ulashadi, nafasi qaytadi, keyin chap kuragida qattiq og‘riq sezadi... Asadbek aynan shunday bo‘lishini istadi. Hammasidan birato‘la qutulgisi keldi. Lekin ko‘z oldi qorong‘ulashmadi, nafasi qaytmadi, kuragida og‘riq sezmadi. Faqat bo‘g‘ziga bir nima tiqilib, yig‘lagisi keldi. Ko‘zlaridan yosh oqqanini o‘zi ham sezmadi. Uchoq uchib ketganidan so‘ng ham Asadbek iziga qayt-gisi kelmay turdi. Iliko shu yerdagi restoranda joy tayyorligini aytgach, unga noiloj ergashdi. Iliko «ularning parvozi bexatar bo‘lsin», deb qadah ko‘targach, bo‘g‘zida qadalib turgan narsadan qutulish uchun ham ichdi. Aroq tomog‘ini kuydirib o‘tdi-yu, ammo qadalib turgan narsa yo‘qolmadi. Jamshidning soatga qarab olganini sezgan Iliko: — Ishing bo‘lsa boraver, Bekni o‘zim kuzatib qo‘yaman, — dedi. Jamshid «ijozatmi?» deganday xojasiga qaradi. Asad-bek uni Xongirey chaqirtirganini bilardi. Shu sababli ko‘z qarashi bilan «boraver», deb ruxsat berdi. Iliko bobosining so‘nggi damlarini, Sulikoni ko‘p eslaganini ayta turib: — Seni ham ko‘p yodga oldilar, — dedi. Asadbek cholning armonlarini xayoliga keltirib: — Bobong senga nasihat qilib qo‘yishimni istagandilar, — dedi. — Qanaqa nasihat? — Bobong seni yo‘lingdan qaytishingni, boshqacha yashashingni xohlardilar. — Buni bilaman... o‘zimga ham aytganlar. Endi or-qaga qaytish yo‘q. Orqada faqat o‘lim bor. Endi o‘yindan chiqish mumkinmas, bu o‘zingga ham ma’lum. — Oldinda ham o‘lim bor, — dedi Asadbek o‘ychan tarzda. — To‘g‘ri aytding. Istaymizmi, istamaymizmi, endi ikki o‘lim oralig‘ida «lezginka»ga o‘ynayveramiz. — Men ungacha ozgina bo‘lsa ham odamga o‘xshab yashab olmoqchiman. Mening oshnam bor. Bir kuni «sen baxt izlab umr kechirmading, qasos deb yashading», deb ta’na qildi menga. Umuman u to‘g‘ri aytdi. Endi men uchun bitta qasos qoldi. Keyin baxt izlab ko‘rsammikin? — Asadbek shunday deb ayanchli kulimsiradi. Iliko sigaret tutatib, tutundan nimadir o‘qiganday tikildi. — Yo‘q, — dedi u. — Endi kechikding, Bek. Bizning baxtimiz — zo‘r bir dushmanning qo‘lidan o‘lim to-pish. — Baxtga kechikdim... — dedi Asadbek xo‘rsinib, — Qasosga kechikmasam bas. — Qasosing — Xongireymi? — Ha. Yana bir kishi. — Shoshilma. Xongireyni menga qo‘yib berasan. Unga eng avval men haqliman. Ish pishyapti. Yaqinda u o‘lim farishtasi bilan o‘pishadi. Sen menga halaqit bermay tur. — Yo‘q, Iliko, sen menga halaqit berma. Sendan ko‘ra men ikki, yo‘q, uch karra haqliman. O‘rtada sen uchun akang bor, xolos. Mening esa do‘stim bilan o‘g‘lim bor. Yana tutingan ukam ham bor. — Sen nimaga qasd qilayotganingni bilmayapsan. Bu yerda Xongireyni chivin chaqishi ham qiyin. — Shuning uchun u biz tomonga borishi kerak. Yaqinda borganida g‘aflatda edim. U yana bir boradi. — Men bexabar qolmay. Ilikoning kuzatuvida «Domodedovo»ga kelgan Asadbek Jamshidni kutib, hatto keyingi uchoqda uchmoqchi ham bo‘ldi. Lekin Iliko bunga ko‘nmadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling