Sadoqatli do’ST


Download 18.81 Kb.
Sana19.06.2020
Hajmi18.81 Kb.
#120364
Bog'liq
SADOQATLI DO


SADOQATLI DO’ST

Mana yana bir kun boshlanmoqda. Saxiy quyosh insonlarga o’z mehrini yorqin nurlari ila ulashmoq uchun sharq tomondan bosh ko’tarayapti. Men ham uyg’onib yangi kunimni boshlab yubordim. Tong g'ira-shirasida kichik bog'imiz tomonga opam bilan yo'l oldim. Shu paytda bir voqea yodimga tushib qoldi. Va bu voqeani opaga so’zlay ketdim:

- Opa, esingizdami men bir o’limdan qolgan edim- dedim opamga.

Opam chuqur xo’rsindi-yu,

-Ha, esimda - dedi.

O’shanda, meni kim qutqarganini aytsam hayron qolasiz ! Sen o’zingni kim qutqarganini bila turib bizga atmaganmiding? - deya koyiy ketdi. Siz meni kim qutqarganini bilmoqchimi siz yoki meni koyimoqchimisiz? - dedim opamga.

So’ng opam kim ekan o’sha mard yigit deya meni so’roqqa tuta boshladi.

- U yigit emas qiz bola - dedim hayajonlanib.

Nima qiz bola -dedi opam kulimsirab.

Ha qiz bola nimasi kulgili -dedim unga.

To’g’ri kulgili emas ammo, qiz bola suvga cho’kayotgan kishini qutqarishi g’alati tuyildi-da menga. Nomi nima ekan o’sha qiz bola jentelmenni? –qiziqib so’radi opam.

Mening sadoqali do’stim bor-ku, “TO’MARIS” ismi jismiga monand qiz. Huddi ajdodimiz To’marisning o’zginasi.

-Iya seni haligi o’sha To’maris qutqargan edimi nega bizga atmaganding –dedi opam.

Nima qilay uning o’zi unamadi. Aslida o’shanda mana bunday bo’lgan edi:

Men oyimning gaplariga kirmay, katta anhordan chelakda suv olib kelmoqchi bo’lib anhor tomonga yo’l oldim. Qarasam anhor oldida hech kim yo’q ekan. Yaxshiyam hech kim yo’q ekan , agar biror kim meni ko’rib qolsa oyimga rossssa yomonlar edi -dedim ichimda.

Endi chelakni suvga tiqqan edim,qo’qqisdan anhorga yiqilib ketsam bo’ladimi? Odamlarni chaqiraman, hech kim yo’q. O’zimni-o’zim koyiyman, axir, oyim atgandilar-ku anhorga borma -deb. Men esa oyim ruxsat bermasalar ham keldim, endi xudo jazoyimni beryapti. Ey xudo meni kechir, iltimos sendan endi doim oyimning aytgan so’zlaridan chiqmayman - deb tavbamga tayanayotgan paytimda, uzoqdan velosipedda bir qiz ko’rindi. Uni yor- damga chaqiraman desam gapirishga majolim yo’q, suv shunchalar sovuq va tez oqar ediki men shuncha yuqoriga talpinsam, u meni shunchalar o’z domiga tortar edi. Bir amallab YOOOOOOOORDAAAAAAAAM –dedim xolos. U yog’ini eslay olmayman. Ko’zimni ochsam, yonimda To’maris sadoqatli do’stim, sinfdoshim. Menga nima bo’ldi? – dedim. –Eh dugonajon suzishni bilmas ekansan nima qilasan katta anhor oldida men suzishni balsam ham bu yerga kelishga qo’rqaman.

Voy rahmat dugonajon - dedim uni bag’rimga bosib.

Menga qara o’rtoq seni men qutarganimni hech kim bilmasin deya shart qo’ydi u menga.

Undan nega bunday deyayapsan, axir, sen bir insonning hayotini qutqarib qolding-ku, buni hamma bilishi lozim- dedim unga.

Yo’q-yo’q buni hech kim bilmasligi kerak . Menga oyim hech qachon birovga yaxshilik qilganinigni hech bilmasin, o’ng qo’ling qilgan ish ni chap qo’ling bilmasin deb o’gatishgan.



Men ham nima qilay rozi bo’ldim. Undan so’ng esa oyimning so’zlaridan chiqmaydigan va sadoqatli do’stimni esa bir umr qadrlaydigan bo’ldim ana shunaqa gaplar opa. Hozir ham shunday do’stim borligidan faxrlanaman . Shuning uchun aytishsa kerak: “do’st bilan obod uying, gar bo’lsa u vayrona ham, Do’st qadam qo’ymas ekan vayronadur koshona ham “ - deb. Ana hash-pash deguncha haqiqatni bilib oldingiz va bog’ga ham yetib keldik . Endi ishlarni boshlasak ham bo’ladi…

9-sinf o’quvchisi AKMAMATOVA GULISTON
Download 18.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling