Oʼlim va oʼlish jarayoni, inson hayotining intihosi. Oʼlish va oʼlimning ahloqiy jihatlari. Klinik va biologik oʼlim. “Oʼlim faktini konstatatsiya qilishga oid Sidney deklaratsiyasi” (1968, 1983). Oʻlim - Oʻlim (boshqa nomlari: vafot, qazo, ajal) tirik organizm faoliyatini tutib turuvchi barcha biologik funksiyalarning toʻxtatishidir. Oʻlimga olib keluvchi fenomenlar sirasiga keksayish, yirtqichlik, ochlik, kasallik, xudkushlik, qotillik, baxtsiz hodisa, jarohat kabilar kiradi.[1] Oʻlimdan keyin organizmlar chiriy boshlaydi.
Oʻlim - Oʻlim — organizm hayot faoliyatining butunlay toʻxtashi, ortga qaytmas jarayon. Eng sodda hayvonlarning tabiiy oʻlimi ularning boʻlinishidan iborat, bunda 1 individ oʻlsa, oʻrnida 2 ta yangi individ hosil boʻladi. Odam va issiq qonli hayvonlar oʻlimi dastavval nafas olish va qon aylanishiningtoʻxtashiga bogʻliq. Oʻlim organizmning qarishi natijasida tabiiy ravishda yoki kasallik tufayli toʻsatdan, barvaqt yuz beradi. Klinik va biologik Oʻlim farqlanadi. Klinik Oʻlimda organizm hayot faoliyatini baʼzi hollarda tiklash va uni jonlantirish mumkin; u oʻrtacha 2—6 min. davom etadi, shundan keyin biologik Oʻlim yuz beradi. Oʻlim sabablari va mexanizmini tanatologiya oʻrganadi.
Qarashlar - Odam jamiyatlarida oʻlim tabiati ming yillar davomida muhim diniy va falsafiy mavzular markazida boʻlib kelgan. Bu mavzularga tirilish (ibrohimiy dinlarga oid), reinkarnatsiya (dharmik dinlarga oid), ong oʻchishi (ateizm bilan bogʻlanadi) kabi gʻoyalar kiradi.[2]
Keyin nima bo’ladi - Odamlar va ayrim boshqa yuqori hayvonlarda oʻlimga javoban oʻlgan individga (marhumga) yaqin boshqa individlar motam tuygʻusi va hissiy azoblanish kechirishadi.[3] Oʻlgan kishi xotirasiga odamlar aza marosimini oʻtkazishadi. Oʻlgan odamning fizik qoldiqlari jasad yoki murda deyilib, marhum yoki unga yaqin shaxslarning urf-odatlariga koʻra dafn etilishi, kuydirilishi, mumiyolanishi yoki boshqa usullar bilan ajratilishi mumkin (bu amallar shuningdek sanitariya maqsadida qilinadi).
- Odamlar orasida oʻlimga olib keluvchi eng tarqalgan sabablarga (kamayish tartibida) yurak ishemiyasi, insult va boshqa serebrovaskular kasalliklar, quyi nafas yoʻllari infeksiyasi kiradi.[
Do'stlaringiz bilan baham: |