3 - Agoniyaning oxirida yurakning qisqarish ritmi kritik past darajagacha kamayadi, destserebratsion regidlik (sklet mushaklarning tarang qotib qolishi) va bundan tashqari umumiy tonik titrashlar, beixtiyor siyish, defekatsiya va tana harorati pasayib ketadi shu belgilardan so`ng terminal holatning keyingi bosqichi klinik o`limga bo`shatib beradi
4.Klinik o`limda quyidagi holatlar kuzatiladi - yurak urush to‘xtashi-nafas olishning to‘xtashi-es-hush yo`qolishi;Bulardan tashqari normotermiya (+36 +37 C ) da klinik o`lim 5 daqiqagacha davom etsa , gipotermiyada bu hodisa 40-50 daqiqa , hatto 2 soatgacha davom etishi mumkin. Bu holatda reanimatsion yordam intensiv terapiya usullari qo`llanilmasa , moddalar almashinuvida qayta tiklanmaydigan o`zgarishlar yuzaga keladi va klinik o`lim biologik o`limga aylanadi. Biologik o`lim-bosh miya barcha to`qimalardagi tiklanmas funksional va struktur o`zgarishlardan iborat holat .
Biologik o`limning asosiy belgilari - 1.Shox pardaning qurishi.
- 2.“Mushuk qorachig`i” fenomeni
- 3.Tana haroratining pasayishi
- 4.Murda dog`lari
- 5.Murdaning qotishi
- Agarda o`tqazilgan reanimatsion chora tadbirlar (25-30 minut davomida) natijasida yurak o`pka faoliyati tiklanmasa bosh miyada qaytmas o`zgarishlar yuzaga keladi va biologik o`lim qaydetiladi.
- Sotsial o`lim-ko`pincha yurak faoliyati to`xtaganidan so`ng reanimatsion chora tadbirlar 5-7 minutdan kechiktirilib o`tqazilganda yuzaga keladi. Bu holatda bemor bosh miya po`stloq qismi hujayralarining to`liq yoki qisman o`lishi kuzatiladi. Bosh miya yarim sharlarining tarqalgan jarohati yoki disfunksiyasi natijasida mustaqil aqliy (mental)faoliyatining yo`qolishi hisoblanib, miya ustuni, diensefal soha faoliyati, vegetativ va harakat reflekslari saqlangan bo`ladi. Klinik ko`rinishi bemor muloqotsiz jamiyatdan uzilgan yutinish reflekslari yoki saqlangan atrofga befarq bo`ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |