Oʼlim va oʼlish jarayoni, inson hayotining intihosi. Oʼlish va oʼlimning ahloqiy jihatlari


Download 61.17 Kb.
bet2/4
Sana07.11.2023
Hajmi61.17 Kb.
#1753846
1   2   3   4
Bog'liq
Oʼlim va oʼlish jarayoni

O‘lim

  • O‘lim bu –organizm hayot faoliyatining asli holiga qayta olmaydigan to‘xtashidir. Organizm o‘limining quyidagi sabablarini farq qiladi:
  • 1.Yurak urushining to‘xtashi
  • 2.Nafas olishining to‘tashi
  • 3.Bosh miyaning jarohatlanish

miya

  • Bosh miyada qon aylanishining to‘satdan to‘xtashi natijasida miya to‘qimasida 1-5 minut ichida gilkogen jamg’armasi, fosfokreatinni, ATF ning yo‘qolishiga olib keladi. Bosh miyada qon aylanishi 5-7 minut ichida to‘xtashi natijasidabosh miya po‘stlog’ining o‘lish holati kuzatiladi natijada organizmning zayiflasha borishi olib keladi keyin esa terminal holatning vujudga kelishiga olib keladi. Terminal holatning bosqichlari etiologik omilga va organizmga individual holatiga bog’liqhisoblanadi

Terminal holatlar quyidagi bosqichlarga bo‘linadi .

  • 1.Preagonal holat-es-hushning saqlanishi, ko`pincha esa ongning xiralashishi, esning kirib-chiqib turishi bilan ifodalanadi. Ko`z reflekslari saqlangan bo‘ladi. Arterial bosimi kritik (engpast) darajagacha pasaygan, puls tez va ipsimon holatda bo`ladi. Nafas keskin tezlashadi. Jarayon boshlanishida reflektor ravishda harakat qo`zg`alish kuzatiladi. Qo`zg`alish davridan so`ng es-hushning buzilishi va gipoksik koma rivojlanadi. Miya to`qimasidagi oksigen partsial bosimning kritik darajasi 30mm simob ustuniga yaqinlashganda hushdan ketish sodir bo`ladi. Hushdan ketgan vaqtda energetik taqchillik alomatlari namoyon bo`lmaydi va es-hush o`zgarishi sinaptik neyromediator jarayonlarning buzilishi bilan bog`liq deb qaraladi va ular himoya ahamiyatiga ega

2

  • Terminal pauza -preagonal holatdan so`ng paydo bo`ladi va to`satdan nafas to`xtashi , bradikardiya , stvol (o`zak) reflekslari -ko`z qorachig`i va shox pardasi reflekslarining yo`qolishi bilan ifodalanadi. Es-hush yo`qoladi .Bosh miyaning elektrik faolligi ham yo`qoladi . Terminal pauza 5-10 sekunddan 3-4 daqiqagacha davom etadi.

3

  • Agoniya-(yun-agonia-kurash) o`layotgan organizmning eng so`nggi bosqichi hisoblanadi. Agoniya klinik o`limdan oldin sodir bo`ladi va organizmning hayotiy kuchlari so`na borishiga qarshi himoya kompensator mehanizmlar faolligining ko`tarilishi bilan ifodalanadi. Agoniyaning klinik manzarasida organizmning hayotiy zarur funksiyalarning chuqur va keskin pasayishikuzatiladi. Shartli va shartsiz reflekslar yo`qoladi, es-hush ham yo`qoladi. Agoniyaning eng muhim klinik alomatlari agonal nafas deb nomlangan nafasning buzilishi hisoblanadi. Bunda kichik va kuchsiz amplitudali nafas olish , nihoyatda kam yoki onda-sonda (bir daqiqada 2-6 marta) paydo bo`luvchi katta maksimal amplitudali nafas bilan navbatlanishi kuzatiladi. Nafas harakatlarida butun tana va bo`yin mushaklari ishtirok etadi. Har bir holatda bosh orqaga tashlanadi va og`iz keng ochiladi (o`layotgan go`yo havoni yutayotganday bo`ladi). O`pkaning minutlik ventelyatsiya hajmi dastlabki hajmning 15% ga yaqinni tashkil qiladi.Bevosita terminal pauzadan so`ng yurakning qisqarish soni biroz ko`payadi , arterial qon bosim 20-50 mm simob ustuniga ko`tariladi. EKG da sinusli avtomatizm tiklanadi, ritm tezlashadi , buning natijasida es-hush joyiga keladi lekin bunday belgilar kuzatilgani bilan reanimatsion chora tadbirlarni to`xtatishga sabab bo`lmaydi. Bu agonal holatning boshlanishidan dalolat beradi

Download 61.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling