Tushuntirish qismi: Bitiruv malakaviy ishning tushuntirish qismida dastlab kirish qismi
berilgan. Keyin 2 ta bob, 6 ta paragrafdan iborat asosiy qismda mavzuning mohiyati ochib
berilib, ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan. Ishning tushuntirish qismi mavzu
bo`yicha xulosa va takliflar bilan yakunlangan.
Mavzuning dolzarbligi: Hozirgi davrda turizm jahon iqtisodiyotining eng rivojlanayotgan
muhim sohalaridan biri hisoblanadi. Jahonda turizmi dunyo bozorida sotilgan tovar va xizmat
turlarini 27 % ini tashkil etadi. Turizm sohasi jahon yalpi milliy mahsulotining 11 % ni, jalb
qilingan investitsiyalarni 10 % ni, har 16 ish o‘rnini birini, hamda dunyo bo‘yicha ist’emol
xarajatlarini 11 %ni tashkil qiladi. Turistik-rekreatsiya resurslarining turizmdagi ahamiyati uning
ijtimoiy-iqtisodiy mazmunidan kelib chiqadi. Turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy
soha hamdir. Shu tufayli ushbu sohada nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy samaradorlik masalasini
ham qarab chiqishni taqozo qiladi. Chunki turizmning iqtisodiy samaradorligi bilan birga
ma'naviy, ruhiy va intellektual ahamiyati ham juda katta. Shu tufayli ushbu sohaga davlat
alohida e'tibor qaratib, ma'lum imtiyozlar ham berib kelmoqda. Bunday imkoniyatlar turizmning
rivojlanishi uchun ham muhim omil ekanligidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |