Urganch davlat universiteti
Turizm va iqtisodiyot fakulteti
“Turizm” (faoliyat yo`nalishlari bo`yicha) ta’lim yo`nalishi Shamurotov Sabirjon
Bazarbayevichning bitiruv malakaviy ishiga
T A Q R I Z
Malakaviy ish mavzusi: “ Turistik-rekreatsiya resurslaridan foydalanishning iqtisodiy
xususiyatlari ”
Malakaviy ishning hajmi 10840
so`zdan iborat
Tushuntirish qismi varaqlar soni: 56 sahifadan iborat;
Bitiruv malakaviy ish mavzusining dolzarbligi va berilgan topshiriqqa
mosligi: Mamlakatimizda iqtisodiyotning muhim tarmog‘i sifatida turizmni shakllantirish uchun
qilinadigan harajatlar kelajakda, albatta, o‘z samarasini beradi. Ammo bugungi kunda turistik-
rekreatsiya resurslarini aniqlash, ulardan samarali foydalanish, turistik infratuzilmani
shakllantirish va turistik marshrutlarni kengaytirish, turistik xizmatlar sifatini oshirish kabi
ko‘plab muammolarni hal etishimiz kerak.
Turistik-rekreatsiya resurslarining turizmdagi ahamiyati uning ijtimoiy-iqtisodiy
mazmunidan kelib chiqadi. Turizm nafaqat iqtisodiy, balki muhim ijtimoiy soha hamdir. Shu
tufayli ushbu sohada nafaqat iqtisodiy, balki ijtimoiy samaradorlik masalasini ham qarab
chiqishni taqozo qiladi. Chunki turizmning iqtisodiy samaradorligi bilan birga ma'naviy, ruhiy va
intellektual ahamiyati ham juda katta. Shu tufayli ushbu sohaga davlat alohida e'tibor qaratib,
ma'lum imtiyozlar ham berib kelmoqda. Bunday imkoniyatlar turizmning rivojlanishi uchun ham
muhim omil ekanligidan dalolat beradi.
Bugungi kunga kelib turizm O‘zbekiston Respublikasida rivojlanayotgan sohaga aylandi.
Bugungi kunda, Xorazm viloyatida turizm sohasini rivojlantirish orqali yangi ishchi o‘rinlarni
ochish, soha infratuzilmalari takomillashtirish orqali mintaqaga kelayotgan xorijiy sayyohlar
oqimini ko‘paytirish, turistik eksport salohiyatini oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Ushbu muammolarning ilmiy nazariy va amaliy yechimlarini topish o‘z navbatida, tadqiqot
mavzusining dolzarbligini belgilaydi.
Bitiruv malakaviy ish mavzusi dolzarb va berilgan topshiriqqa to`la mosdir.
Bitiruv malakaviy ishning «Kirish» qismida va ilova qilingan materiallarning
Do'stlaringiz bilan baham: |