Sirtqi ta’lim bo’limidan tabriklar
“Xalqaro amaliy buxgalteriya va moliya” dasturi bo'yicha sirtqi ta'lim fakultetimizga xush kelibsiz!
Sizni ISFT institutining sirtqi bo'limi nomidan tabriklashga ijozat bergaysiz! Bugungi zamonaviy
dunyoda dolzarb bo‘lgan ushbu ta’lim yo‘nalishini tanlaganingizdan xursandmiz!
Bu yo‘nalish ACCA xalqaro dasturi doirasida professional buxgalteriya hisobini o‘qitishni o‘z ichiga
oladi. Talabalar 9 ta maxsus asosiy fanlardan va Iqtisodiyot, Akademik ingliz tili, Chet tili, Shaxsiy rivojlanish
kabi bir qator qoʻshimcha fanlardan iborat asosiy ACCA dasturini oʻrganadilar.
Bizning dasturimiz Xalqaro Diplomli va Sertifikatlangan Buxgalterlar Assotsiatsiyasi (Buyuk
Britaniya)ning qulay va variativ ta’lim dasturlari asosida buxgalterlik hisobi, soliqqa tortish va moliyaviy
boshqaruv sohasida xalqaro darajadagi tayyorgarlik va bilim berishga qaratilgan. Bu tizimning o’ziga xos
noyobligi kasbiy bilim va tajriba darajasi turlicha bo’lgan talablarga ta’lim olish imkoniyatlarini yaratadi.
Mazkur bakalavr darajasi moliyaviy menejment, audit yoki soliq sohasida mutaxassis bo'lish istagidan bo'lgan
barcha uchun mo'ljallangan.
Ushbu sohada malakaga ega bo'lgan mutaxassislarga har qanday sohada muvaffaqiyatli martaba
qurishda moliyaviy yordam beradi: ular davlat yoki xususiy sektorda, buxgalteriya firmalarida, xorijiy
kompaniyalarda ishlashi yoki o'z biznesini yuritishi mumkin.
Biz Sizga eng ilg’or ta'lim tajribasini taqdim etishga intilamiz. Sirtqi ta'lim uchun mas'ul bo'lim sifatida
biz Sizning akademik va shaxsiy salohiyatingizni to'liq ochib berishingiz uchun sayohatingiz davomida Sizga
kerakli akademik yordam va ko'rsatmalarni taqdim etishga tayyormiz!
O’qishni boshlashdan oldin ushbu qo'llanmadagi ma'lumotlar va ko'rsatmalarni diqqat bilan o'qib
chiqishingizni tavsiya qilamiz.
Hurmat bilan,
Sirtqi ta’lim bo‘limi,
ISFT instituti.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |