Eronlik ayol
(quddisa sirruho)
Shayx Najibuddin Ali ibn Buzdush aytadiki: “Bir paytlar Gulpayagon shahridan bir ayol
Sherozga kelgan edi. Vaqtivaqti bilan meni ziyorat qilardi. Xabardor (qalb ko‘zi ochiq) bir
ayol edi. (U paytlar) qo‘lim bir oz kalta (daromadim oz) va u bu holimni bilardi. Uyimda
ikkita ombor bor edi. Agar Alloh oziq-ovqatdan arpa, bug‘doy kabi bir nima bersa, o‘sha
omborlarga qo‘yar edim. Hozir esa ular bo‘m-bo‘sh edi. Narsa kelguncha toza-ozodagina
tursin deya eshiklarini yopgan edim. U ayol bu omborlarning ichida arpa-bug‘doy bor
deb o‘yladi va menga:
– Modomiki qo‘ling kalta – daromading yo‘q, nochor ahvoldasan, unda nega shu
omborlardagi narsalardan foydalanmaysan?
– Ular bo‘sh, qup-quruq.
– Unda nega ularni yopib qo‘ygansan?
– Toza tursin deya.
Ayol turib omborlarning eshiklarini ochdi va shunday dedi:
– Bular yopiq bo‘lgani uchun bo‘m-bo‘sh. Agar ochiq tursa, och va ochiq bo‘lgan og‘izday
bo‘lishadi. Haq taolo esa u og‘izning rizqini yuboradi. Ehtiyoj oni kelganida, hamma
narsaning rizqini yana o‘ziga munosib bir narsadan yetkazadi. Bu omborlarning rizqi
ekindir. Qorinlari bo‘sh ekanligi ma’lum bo‘lishi bilan ekin va yemish bilan to‘ladi.
U ayol bu ishni qilgach (ya’ni, bu so‘zlarni aytgach), Haq taolo darhol shu qadar bug‘doy
yubordiki, u ombor bo‘lmalarining hammasi to‘ldi. U ayol Alloh taoloning valiylaridan biri
edi”.
Do'stlaringiz bilan baham: |