Hotami Asom hazratlarining xotini soliha va karomati zohir bir ayol edi. Bir kuni Hotam
– Men to‘rt oylik safarga ketyapman. Shu to‘rt oylik muddatga qancha nafaqa istaysan?
– deb so‘radi. Ayol:
– Tirik qolishimga yetgulik nafaqa qoldiring, – dedi. Hotami Asom:
– Tirikliging va o‘liming mening qo‘limda emas, Haq taoloning qo‘lidadir, – dedi. Shunda
Hotami Asom bu so‘zni xush ko‘rdi va ayolini duo qildi.
Qo‘shni xotinlar kelib, “Nega eringdan nafaqa so‘ramading?” dedilar. Ayol javoban:
– Erim ham men kabi rizq yeguvchidir, beruvchi emas, – dedi.
Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
www.ziyouz.com kutubxonasi
31
Hotami Asom hazratlari g‘azotda bir kofir bilan urushar ekan, kofir Hotami Asomni yerga
yotqizib, pichoq urmoqchi bo‘lib turganida, Hotami Asom o‘z xotinining o‘q otib, kofirni
o‘ldirganini ko‘rdi. Va shu zahoti ayoli ko‘zdan g‘oyib bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: