Qorasoch Ona
(quddisa sirruho)
Piri Turkiston Ahmad Yassaviy (quddisa sirruhu) hazratlarining volidai muhtaramalari.
Soliha, obida, orifa ayol bo‘lgan. Muborak qabri Sayramdadir. Xoja Ahmad Yassaviy, ul
zotning otasi Ibrohim Ota va qorasoch Ona qabrlari ziyoratidan ko‘p ulug‘ fayzlar,
nurlarga ega bo‘linadi.
Anbar ona
(quddisa sirruho)
Zangi Ota (quddisa sirruhu) hazratlarining zavjai muhtaramasi. “Rashahot” asarida zikr
qilinishicha, Zangi ota Anbar Onaning iltimos va so‘rovlarini aslo yerda qoldirmagan.
Zangi otaning bir necha muridlari Anbar onaning iltimosi bilan ul zotning qutlug‘
nazariga tushishgan va hol sohibi, sohibi irshod kishilar bo‘lib yetishishgan. Anbar ona
soliha, obida, g‘oyat parhezkor va pokiza ayol bo‘lgan. Muborak qabri Zangi ota mozori
yaqinidadir. Amir Temur har ikkisining qabri ustida chiroyli maqbara bino qildirgan.
Soliha ayollar. Bahriddin Umrzoq
www.ziyouz.com kutubxonasi
30
Do'stlaringiz bilan baham: |