Microsoft Word статистика лотин 14. doc


Download 0.74 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/81
Sana15.11.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1775174
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81
Bog'liq
statistika (156)

 
Yi = U(xi) + Ei 
 
bu yerda: U (xi) + hisobga olingan ma’lum omil belgilar ta’siri ostida 
shakllangan natija belgining bir qismidir. Ei - ikkinchi darajali va 


78 
tasodifiy omillar ta’sirida yuz beradigan natija belgisini bir qismidir. 
Omil belgining ko‘payishi (yoki kamayishi) natijaviy belgining 
ham ko‘payishi (yoki kamayishiga) olib kelsa, bu bog‘lanish to‘g‘ri 
bog‘lanish, aksincha natijaviy belgining o‘zgarish yo‘nalishi omil 
belgining yo‘nalishiga qarama qarshi bo‘lsa, bunday bog‘lanish teskari 
bog‘lanish deyiladi. 
O‘zaro bog‘lanishlarni o‘rganishda turli usullar qo‘llaniladi. Bu 
usullardan eng asosiylari balans usuli, oddiy yondosh (parallel) qatorlar 
tuzish usuli singarilardir.
Balans usuli ishlab chiqarish bilan iste’mol, iste’mol bilan 
jamg‘arma, aholi pul daromadlari bilan harajatlari va shu kabilar 
o‘rtasidagi bog‘lanishlarni o‘rganishda keng qo‘llaniladi. 
Xodimlarning o‘zaro bog‘liqlik darajasi analitik guruhlash orqali 
ham aniqlanadi. Bu usul yordamida omil va natija belgilar o‘rtasidagi 
bog‘liqlik o‘rganiladi. Analitik guruhlash odatda omil belgi asosida 
amalga oshirilib har bir guruh uchun natijaviy belgilarni tasvirlovchi 
o‘rtacha va nisbiy miqdorlar hisoblanadi. Keyin esa, har ikkala belgi 
o‘rtasidagi bog‘lanishni kuzatish maqsadida natijaviy belgilarni 
o‘zgarishini omil o‘zgarishi bilan solishtiriladi va tegishli xulosalar 
qilinadi.
Muayyan davr ichida belgilar o‘rtasidagi bog‘lanishni oddiy 
parallel qatorlar tuzish yo‘li bilan ham o‘rganiladi. Shu maqsadda eng 
avvalo taqqoslanayotgan belgilar o‘rtasida bog‘lanish bor-yo‘qligi 
nazariy jihatdan asoslab chiqiladi. Keyin esa har ikkala qator yonma-yon 
joylashtirilib, bir-biri bilan taqqoslanadi.
7.2. O‘garuvchan belgilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni 

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling