Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc


Pedagoglik odobi va o‘qituvchining obro‘si


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet27/35
Sana07.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1753279
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35
Bog'liq
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari

 
Pedagoglik odobi va o‘qituvchining obro‘si 
O‘qituvchining o‘quvchilarga bo‘lgan irodali ta’siri, ular oldiga qo‘ygan katta 
talablari, zarur pedagoglik odobi bilan o‘tkazilgandagina ijobiy tarbiyaviy natija 
beradi. 


67 
Pedagoglik odobi nima? Bu – o‘qituvchining bolalar bilan to‘g‘ri munosabatda 
bo‘la 
bilish, 
g‘amxo‘rlik 
qilish, 
jonkuyarlik, 
xushmuomalilik 
ko‘rsatish, 
o‘quvchilarbilan muomala qilishda zarur, ishonchli ohang topish, ular oldiga oqilona 
talablar qo‘yish, bolalard inson qadr-qimmatini hurmatlashdir. 
Odob – kishi aqlining namoyon bo‘lishidir, ammo u ruhning emosional tomoni 
bilan ham mustahkam bog‘langan. 
“Pedagogik odob deb ataladigan narsa borki, tarbiyachi, pedagogika 
nazariyasini naqadar o‘rganmasin, odob bo‘lmaganda hech qachon yaxshi tarbiyachi – 
amaliyotchi bo‘la omaydi” [15:46]. Odobdan ahamiyati kam bo‘lmagan pedagogik 
nazokat degan narsa ham bor. Xo‘sh, bu pedagogik odob degan narsaning o‘zi nima? 
U o‘z boshimizdan kechirgan turli-tuman psixik odoblarning qorong‘i va chala ongli 
xotiralar yig‘indisidan iboratdir. Ana shu xotiralar asosida kishi o‘z tarixining ruhi 
bilan boshqa kishining ruhiga ta’sir eta oladigan hamda bunng uchun haqiqatan o‘zida 
sinab ko‘rgan vositalarni tanlay biladi. Pedagogik nazokat tug‘ma narsa emas, balki 
kishida asta-sekin tarkib topadigan holatdir. Kishi yashagan va kuzatgan sari bu narsa 
tarkib topa boradi. Uning o‘z ruhida bergan hodisalar natijasida maqsadli yoki 
maqsadsiz bir holda tarkib topadi. Bandan o‘z-o‘zidan shu narsa kelib chiqadiki
psixologiya bilan shug‘ullanish yoki pedagogik narsalar o‘qish kishining fikrini o‘z 
ruhi jarayoni sari yo‘llab, unda pedagogik nazokatning o‘sishiga kuchli ta’sir etishi 
mumkin [15:47]. 
Pedagog obro‘yi tarbiyachining mahoratiga va ijobiy ma’naviy fazilatlariga 
tayanadi. Na ko‘ngilchanlik va na shirinso‘zlik pedagogni yetarli obro‘ga ega qila 
olmaydi, tarbiyalanuvchilarni unga moyil qilmoq uchun ish, bilim, muvaffaqiyatli 
faoliyat lozim. Chin obro‘yga ega bo‘lgan pedagogning kuchi avvalo uning bolalar 
jamoasini uyushtirishida va shu orqali bolalarga ta’sir etishida namoyon bo‘ladi. 


68 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling