47
Qobiliyat kurtaklarining ilk o‘sishi katta yoshdagi bolalarda «oiladagi
mehnat
taqsimoti» tufayli, o‘zidan kichik yoshdagi bolalarga nisbatan qandaydir burchga ega
bo‘lish tufayli ro‘y beradi.
Har xil qobiliyatlarning ro‘y berishida turli o‘yinlarning roli kattadir. Bunday
o‘yinlar tufayli, qisman tashkilotchilik qobiliyatining kurtaklari paydo bo‘ladi.
Pedagoglik qobiliyatini tarbiyalashda o‘quvchilarning o‘qishdagi o‘zaro
yordami hamda qo‘shimcha o‘tkaziladigan darslar ham katta rol o‘ynaydi.
Jamoat
tashkilotlari, o‘qituvchining kasb tanlashga doir maslahatlari ham
pedagoglik qobiliyatining o‘sishiga ta’sir etuvchi muhim omillardan hisoblanadi.
Pedagogik amaliyot jarayonida bo‘lgusi o‘qituvchining xarakteridagi nuqsonlar
aniqlanadi (ortiqcha uyatchanlik, qattiqqo‘llik, qo‘rslik va qo‘pollik, mas’uliyatsizlik)
va ularni bartaraf etish chorasi qidiriladi.
Pedagoglik qobiliyatini o‘stirishda o‘qituvchining o‘z fani bo‘yicha
yetarli
bilimga ega bo‘lishi va umumiy saviyasi tinmay oshib borishi katta ahamiyatga ega.
Ta’lim-tarbiya metodikasi,
pedagogika, didaktika,
psixologiya, yuqori nerv faoliyati
fiziologiyasi singari inson haqidagi fanlarni bilish, siyosiy, badiiy adabiyotni muttasil
o‘qib borish – o‘qituvchining ma’naviy hayotini yo‘lga qo‘yishdagi
asosiy zamin
hisoblanadi, agar, shunday ibora bilan aytish mumkin bo‘lsa, ana shu xislat urug‘i
sepiladigan zamin yuqorida aytilgan faoliyat tufayli yumshatilib, o‘g‘itlanadi, ekishga
tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: