Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/35
Sana07.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1753279
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35
Bog'liq
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari

O‘qituvchining aqliy faoliyati 
Insonning aqliy faoliyati biror hodisani, muayyan bir paytda bevosita kuzatib 
ko‘rmasdan yoki sezgi va idrok hosil qilgan narsani tekshirmasdan xulosalar chiqarish 
bilan tavsiflanadi. Tabiat, jamiyat, insonyat taraqqiyotining barcha xususiyatlari 
tafakkur yordamida bilib olinadi. 
Tafakkur narsa yoki hodisa ayrim ayrim elementlari va belgilarining 
ajralishidan (analizidan) hamda bir narsa yoki hodisa qismlari o‘rtasida fikran aloqa 
o‘rnatishdan, ularni bir butun narsaga birlashtirishdan (sintezdan) iborat. Tafakkur 
jarayonida ayrim obyektlarni taqqoslash, ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va 
umumiylikning, mavhumlik yoki umumiy tasavvurni, ya’ni umumiy xususiyatga ega 
bo‘lgan narsa va hodisalar birlashuvini taqqoslashning katta ahamiyati bor. 


50 
Psixologiya fani tafakkurni ikki turga, ya’ni: nazariy va amaliy turlarga 
ajratadi. 
Odatda olim, faylasuf, matematik va boshqa umumlashtiruvchi fan vakillarida 
nazariy tafakkur ustun bo‘ladi.
O‘qituvchining ishida hissiyot 
“Axloqiy... his deganda biz jamiyat yuzaga keltirgan, axloq kategoriyasidan 
boshlab, axloqning sodir bo‘lishi natijasida borliq hodisalarni idrok etishda kishi 
kechiradigan hamma hislarni nazarda tutamiz” [4: 246] 
Kishida axloqiy hisning shakllanishi uning ongida mazkur jamiyatda yoki biron 
kollektivda yuzaga kelgan muayyan axloq normasi, qoidasining mustahkamlanish 
jarayoni bilan uzviy bog‘liqdir. 
Axloqiy hisga quvonch, kishilarga qoyil qolish, axloq normalarining yuzaga 
kelishi natijasida o‘zidan mamnun bo‘lish singarilar kiradi. 
 
O‘qituvchining psixik holati 
Pedagogning psixik holatlarini tavsiflab, N.D.Levitov, muvaffaqiyatli o‘tishini 
shart qilib qo‘yadigan, o‘qituvchining darsga pedagogik tayyorgarligi mavjudligi 
haqida gapiradi. 
Tarbiyachining muhim psixik holati o‘z so‘zining haqligiga chindan ishonch 
hosil qilishdadir. 
Xarakterida lozim bo‘lgan psixik holatning asta-sekin mustahkamlanib borish 
yo‘li bilan muvaqqat jarayonlardan chiqib, bora-bora shaxsning barqaror sifatiga 
aylanadki, bunday sifatga ega bo‘lgan kishi pedagoglik faoliyati bilan bemalol 
shug‘ullana oladi. 


51 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling