Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari
Pedagogik nutqning sifatlari
Pedagogik nutq quyidagi talablarga javob berishi lozim: 1. Nutqning to‘g‘riligini ta’minlovchi sifatlar. 2. Tarbiyalash vositasi tufayli uni amalga oshiruvchi sifatlar. Birinchi guruhdagi pedagogik nutq sifatiga nutqning leksikasi, uslub fonetikasi, talaffuz etilishi, so‘zlardagi urg‘u kiradi. O‘quvchilar bilan bo‘ladigan suhbatlarda bolalarning his-tuyg‘usiga ta’sir ko‘rsatish, ishonch hosil qilish, isbotlab berish lozim. Mashhur sud arbobi va pedagog A.F.Konining lektorlarga bergan quyidagi maslahatlari diqqatga sazovordir: 1. Ma’ruzaga puxta tayyorlanish lozim. Leksiya rejasi o‘zgaruvchan bo‘lishi muhim. Ya’ni uni mazmunga zarar yetkazmaydigan tarzda qisqartirish mumkin bo‘lsin. 2. Ovozni o‘zgartirish – fikrni bog‘lab, uni ko‘tarish va pasaytirish kerak. 3. Gapirayotganda qo‘l-gavdani harakatga keltirish nutqni jonlantiradi. Biroq me’yordan chiqib ketish yaramaydi. 4. Eshituvchilarning ayrim guruhiga tikilib gapirish ham foydali (ayniqsa kichik auditoriyada). 5. O‘qituvchidan sabotli bo‘lish va har qanday noqulay sharoitda ham o‘zini tuta bilish talab qilinadi. 6. Nutq oddiy, tushunarli bo‘lsin. 7. Lirika ham zarur, ammo kamroq bo‘lsin. 8. Ma’ruzaning mazmuni auditoriyaga mos bo‘lmog‘i lozim. 9. Qisqa gapirish kerak. 10. Nutq oxirida xulosa qilish, ya’ni uning muqaddimasi bilan bog‘lash lozim [14:120]. 66 Pedagogning ishini ikki asosiy qismga: ta’lim va tarbiyaga bo‘lish mumkin. Pedagoglik faoliyatining bu ikkala turi bir-biri bilan chambarchas bog‘langan, o‘zaro yagona jarayon. Biroq ular orasida mazmun va metod jihatidan farq mavjud. O‘qiuvchi ikki obyekt: o‘quv materiali hamda o‘quvchilar kollektivi bilan ish olib boradi. Shu bilan boshqa kasblardan farq qiladi. Ta’lim – faoliyatning bir turi bo‘lib, uning davomida o‘qituvchining rahbarligida o‘quvchilar bilim, malaka va tajribani o‘zlari egallaydilar, o‘zlarining bilim qobiliyatlarini taraqqiy ettiradilar. Demak, ta’lim jarayonida va o‘qitishning borishida asosiy harakat qiluvchi shaxs o‘quvchilarning o‘zi hisoblanadi. O‘qituvchi mehnatining asosiy shakli sifatida dars alohida diqqatga sazovordir. Chunki o‘qiuvchi butun bir guruhning va har bir o‘quvchining individual ishi ustidan rahbarlik qiladi. Dars o‘quvchilar tarkibi doimiy bo‘lib, aniq belgilangan vaqt bilan xarakterlanadi. Shuning uchun ham dars vaqtida o‘qituvchining o‘qitish faoliyati maksimal darajada unumli bo‘ladi. Zamonamiz shu jihatdan ajoyibki, keyingi yillarda turmushning barcha sohalaridagi ijodiy faoliyatda, tashabbus ko‘rsatishda va keng mehnatkashlar ommasi faolligining ko‘tarilishida katta yuksalish ro‘y berdi. Yangi maktab ko‘pgina o‘qiuvchilarni talab qiladi. Yangi tuzum, yangi sharoit o‘qituvchidan tashabbuskorlik, ijodkorlikni talab etmoqda. Download 0.71 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling