Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc


Oliy o‘quv yurtlarida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/35
Sana07.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1753279
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35
Bog'liq
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari

 
Oliy o‘quv yurtlarida tarbiyaviy ishlarni rejalashtirish 
Pedagogika oliy o‘quv yurtlarida ta’lim-tarbiya ish-larini majmuali 
rejalashtirish axloqiy tarbiyaning samaradorligini oshiruvchi zarur shartlardan biridir. 
Uzoq muddatga mo‘ljallab tuzilgan reja bo‘lmasa, tuzukroq ishlab ham bo‘lmaydi. 
Tarbiyaviy ishlar rejasining asosiy vazifasi ta’lim-tarbiya tadbirlarini ma’lum bir 
tizimga keltirish, aniq maqsadga yo‘naltirish, tarbiya-viy jarayonda izchillik, uzviylik 
va ketma-ketlikni ta’minlash, o‘quv-metodik ishlar, ilmiy tadqiqot va tarbiyaviy 
tadbirlar o‘rtasidagi uzilishni bartaraf etish, talabalarni tarbiyalash sohasida ilg‘or 


78 
tajribalarni umumlashtirishdan iborat. Majmuali xarakterdagi istiqbolli reja 
talabalarga axloqiy tarbiya berishning aniq yo‘l va vositalarini ham ko‘rsatadi. 
Samarqand davlat universitetida biz o‘tkazgan kuzatishlar hamda boshqa oliy 
o‘quv yurtlarining tajribasi shuni ko‘rsatib turibdiki, tarbiyaviy ishlar dasturi va 
istiqbolli rejalarni joriy etish natijasida tarbiyaviy ishlar izchil tarzda bajariladigan 
bo‘ldi. Natijada talabalarning dars o‘zlashtirishi yil sayin yaxshilanib, tartib-intizom 
mustahkamlanib bormoqda. Jamoat ishlariga faol jalb etilayotgan talabalarning soni 
muttasil ko‘payib, yigit-qizlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalash sohasida 
kafedralar, professor-o‘qituvchilarning faolligi tobora ortmoqda. O‘zbekistondagi 
pedagogika institutlari va universitetlarining talabalari har yili talabalarning ilmiy 
ishlari sohasida o‘tkazilayotgan konkurslarda, olimpiada, tanlov va boshqa ishlarda, 
sport musobaqalari va badiiy havaskorlik ko‘riklarida, otaliq ishlarida yaxshi 
natijalarga erishmokdalar. 
Ilmiy jihatdan asoslangan istiqbolli reja va dastur talabalarni axloqiy 
tarbiyalash sohasidagi barcha ishlarning asosiy yo‘nalishlarini birlashtiradi, fakultet, 
kafedra va jamoat tashkilotlarining talabalarini axloqiy shakllantirish sohasidagi 
faoliyati uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Istiqbolli reja yoki tarbiyaviy ishlar dasturini ta’limning barcha yillariga 
mo‘ljallab tuzish maqsadga muvofiq ekanligini oliy o‘quv yurtlarining tajribasi 
ko‘rsatib turibdi. Istiqbolli rejalashtirish oliy maktabda amalga oshiriladigan ta’lim-
tarbiya ishlarining butun hajmini, ko‘lamini aniq tasavvur etishga, har bir kursda 
bajariladigan aniq vazifalarni belgilab olishga imkon beradi. 
Istiqbolli reja yoki dasturni oliy o‘quv yurtining barcha asosiy bo‘g‘inlari 
ishtirok etishi zarur. Bu ishda, ayniqsa, ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va 
psixologiya kafedralari faol qatnashadilar. Ular ta’lim-tarbiya ishlarining mazmuni va 
yo‘nalishlarini istiqbolli reja asosida to‘g‘ri belgilab olishda boshqa kafedralarga, 
murabbiylarga yordam berishlari darkor. 


79 
Istiqbolli reja yoki dasturda qo‘rsatilgan tarbiyaviy ishlar oliy maktabda o‘quv 
jarayoni bilan uzviy ravishda bog‘liq bo‘lishi zarur. Bu faqat, ta’limning mazmuni 
tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lishidangina iborat bo‘lmay, shu bilan birga, o‘qishdan 
tashqari vaqtdagi tarbiyaviy ta’sir o‘tkazish shakllari va vositalari ham talabalarga shu 
davrda berilayotgan ta’limning xususiyatlariga bog‘liq bo‘lishi darkor. 
Oliy maktabda talabalarni axloqiy tarbiyalashning asosiy yo‘nalishlaridan biri 
bo‘lajak muallimlarda o‘qituvchi odobini shakllantirishdan iborat. Bu talabalarda 
pedagogik kasbga muhabbatni o‘stirish, o‘qituvchi odobiga xos axloqiy tushunchalar, 
xulqiy normalarni hosil qilishni nazarda tutadi. 


80 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling