Talabalarning ilmiy tadqiqot ishlari bo`yicha metodik tavsiyalar
Download 0.73 Mb. Pdf ko'rish
|
Ilmiy tadqiqot 10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`tilgan mavzuni mustahkamlash
Iqtidorli talabalrning ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish bo`limi faoliyati haqida 1 2 Iqtidorli talabalar bilan ishlash 3 Talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifalari 4 Talabalar ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish va rivojlantirishdan ko`zlangan madsad Reja: 1 • Ilmiy metodik faoliyat va uning turlariga nimalar kiradi? 2 • Ilmiy tadqiqot faoliyati haqida tushuncha bering 3 • Ilmiy mahsulotni buyurtmachi yoki iste`molchiga tadqim etish usullari qanday amalaga oshiriladi? O`tilgan mavzuni mustahkamlash Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi universitetning tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, iqtidorli talabalarni izlash va aniqlash bo‘yicha faoliyatini amalga oshiradi. Universitetda malakali kadrlar yetishtirish yo‘nalishidagi faoliyatida bo‘lajak mutaxassislarning sohaga oid masalalarni ilmiy va amaliy jihatdan hal qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida tashkil qilingan. Universitet talabalarining ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyatini tashkil etish bo‘limi universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektoriga bo‘ysunadi. Talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari va faoliyati ta’lim tizimining zamonaviy talablari hamda ko‘p yillik tajribaga tayangan holda tashkil qilinadi. Bunda, talabalarning tegishli fan sohalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba, shuningdek, mavjud ilmiy-nazariy manbalar bilan tanishishi va ulardan foydalanishiga yaqindan ko‘mak beradi. Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etish bo`limi faoliyati haqida Iqtidorli talabalarning ilmiy- tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Universitet Iqtidorli talabalar bilan ishlash, shuningdek, ularning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: -iqtidorli talabalarni izlash va aniqlashni tashkil etish; -iqtidorli talabalarni intellektual salohiyatini aniqlab borish; -iqtidorli talabalarni qobiliyati va qanday yoʻnalishga moyilligiga qarab maqsadli tayyorlashni tashkil etish; -iqtidorli talabalar uchun Oʻzbekiston tarixi, chet tili, axborot texnologiyalari va internetdan foydalanish boʻyicha maxsus mashgʻulotlarni tashkil etish; -iqtidorli talabalarni fundamental ilmiy tadqiqot ishlariga, ilmiy toʻgaraklarga va ijodiy jamoalariga jalb qilish; -iqtidorli talabalarni ilmiy va amaliy anjumanlarga, institut, Respublika va xalqaro konferensiya, simpozium, olimpiada va tanlovlarda qatnashishlarini tashkil etish; -iqtidorli talabalar orasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat stipendiyasi va nomli Davlat stipendiyalariga, fan olimpiadalariga nomzodlarni tayyorlash, ularning sovrindor boʻlishiga erishish; Download 0.73 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling