Huquq normalari va odob-axloq normalarining birligi va tafovuti chirchiq davlat pedagogika universiteti
Download 318.49 Kb.
|
Umarova Taqdimot
- Bu sahifa navigatsiya:
- DISSERTATSIYA MAVZUSINING DOLZARBLIGI
UMAROVA SHAXLO BAXTIYOROVNA Chirchiq-2023 HUQUQ NORMALARI VA ODOB-AXLOQ NORMALARINING BIRLIGI VA TAFOVUTI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI Ilmiy rahbar:______________________, pedagogika fanlari doktori, professor Magistr akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya taqdimoti DISSERTATSIYA MAVZUSINING DOLZARBLIGI Jahon ta`lim va ilmiy tadqiqot muassasalarida o'quvchilarni ijtimoiy hayotga psixologik tayyorlash, shaxsda fuqarolik immunitetini rivojlantirish, o'quvchilarda huquqiy savodxonlikni oshirish, yoshlarni destruktiv taъsirlardan himoyalash, odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. O'quvchilarning huquqiy immunitetini rivojlantirishning nazariy jihatlari hamda oilaviy tarbiya tamoyillarini takomillashtirish, pedagogik taъsirning effektini oshirish, shaxsni ijtimoiylashtirish, oilalar mustahkamligini taъminlash, bo'yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida eъtibor berilmoqda Respublikamizda so'nggi yillarda diniy ekstremizm va terrorizm, giyohvandlik, huquqbuzarlik, psixotrop moddalarni isteъmol qilishga qarshi profilaktik ishlarni o'tkazish, o'quvchilarining huquqiy immunitetini rivojlantirish, ularni milliy, komil inson ruhida tarbiyalash, yoshlarga xavf solayotgan mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashishning maъnaviy-maъrifiy jihatlarini takomillashtirishning meъyoriy asoslari ishlab chiqilmoqda. O'zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo'yicha 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida «jinoyatchilikka qarshi kurash va huquqbuzarlikning oldini olish tizimini takomillashtirish, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish bo'yicha tashkiliy-amaliy choralarni kuchaytirish» ustuvor vazifa etib belgilangan. Bu o'quvchilarda huquqiy immunitetni rivojlantirish, dars va darsdan tashqari mashg'ulotlarda maъnaviy-maъrifiy ishlar samaradorligini oshirish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Download 318.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling