Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc


Download 0.71 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/35
Sana07.11.2023
Hajmi0.71 Mb.
#1753279
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35
Bog'liq
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari

Tashkilotchilik-murakkab sifat bo’lib, u kishilarning har qanday ongli 
faoliyatlarida va xulqlarida nomoyon bo’ladi. 
Tadqiqot muammosining o‘rganilganlik darajasi. Pedagogik adabiyotlarni 
o‘rganganimizda F.A.Gonobolin, V.Slastenin, M.Ochilov kabi pedagog va 
psixologlar bevosita o‘qituvchining tashkilotchilik faoliyati pedagogik asoslariga doir 
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganliklariga guvoh bo‘lamiz. Biroq, talabalarda 
tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning 
pedagogik jihatlariga doir masala bilan hech qanday olim shug‘ullangan emas. 
Shuning uchun ham biz “Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda 
interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari” mavzusini magistrlik 
disertasiya mavzusi sifatida tanladik. 
Ilmiy 
tadqiqot 
predmeti: 
talabalarda 
tashkilotchilik 
mahoratini 
shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik shart-sharoitlari. 
Tadqiqot obyekti: talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda 
interfaol usullardan foydalanish jarayoni. 
Tadqiqot maqsadi: talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda
interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlarini ilmiy tadqiq etish. 
Tadqiqotning ilmiy farazi. Agar: 
- Auditoriya va auditoriyadan tashqari o‘tkaziladigan ta’limning nazariy va amaliy 
ahamiyati ilmiy asoslab berilsa, baholansa, uning ta’lim-tarbiyaviy jarayonidagi 
pedagogik jihati aniqlab berilsa; 
- o‘qituvchi shaxsida tashkilotchilik qobiliyatini shakllantirishning shakl va yo‘llari 
ilmiy asosda ishlab chiqilsa va eksperimental tadqiq etilsa; 
- auditoriya va auditoriyadan tashqari ta’limning o‘qituvchi tashkilotchilik 
mahoratini shakllantirishning pedagogik tizimi uzluksiz tarzda oliy o‘quv 
yurtlarining o‘quv-tarbiyaviy jarayonida qo‘llanilsa; 



- oliy o‘quv yurtida o‘qitiladigan pedagogik fanlarni o‘qitish jarayonida 
o‘qituvchilarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish jarayonining (auditoriya 
va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar) uzviyligi ta’minlansa; 
- ta’limda an’anaviy metodlar bilan bir qatorda ilg‘or pedagogik texnologiyalardan 
o‘z o‘rnida, samarali foydalanilsa; 
- ta’lim jarayonida talabalar tashkilotchilik mahoratini shakllantirishning maqbul 
tizimi ishlab chiqilsa, talabalarda ijtimoiy muhim tashkilotchilik sifatlar jamiyat 
rivojiga mos tarzda shakllanadi. 

Download 0.71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling