Microsoft Word talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari doc
Download 0.71 Mb. Pdf ko'rish
|
talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullardan foydalanishning pedagogik jihatlari
XULOSALAR
Jonajon Respublikamiz Mustaqillikni qo‘lga kiritgach, ijtimoiy, iqtisodiy, madaniy-ma’naviy jabhalarda katta o‘zgarishlar yuz berdi, yutuqlar qo‘lga kiritildi. Ayniqsa, so‘nggi 19 yil mobaynida ta’lim-tarbiya sohasida qo‘lga kiritilgan muvaffaqiyatlar buning dalilidir. Mustaqil O‘zbekistonning asosiy qonunida belgilanganidek, jamiyatimizning istiqboli, rivojlanish hamda taraqqiyot yo‘li huquqiy, demokratik, insonparvar fuqorolik jamiyatini barpo etishdan iboratdir. Bunday jamiyatni barpo etish esa talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishga ko‘p jihatdan bog‘liqdir. Yuksak tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan kadrlar jamiyat uchun ijtimoiy buyurtma hisoblanadi. Shunday ekan bo‘lajak o‘qituvchilarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish, milliy mafkurani shakllantirish bilan birgalikda olib borilishi lozim. Bu singari g‘oyalar pedagogik-pedagogik sikldagi barcha fanlar: umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, pedagogik mahorat, yangi pedagogik texnologiyalar kabi fanlarni o‘rganish, auditoriya va auditoriyadan tashqarida o‘tkaziladigan barcha tarbiyaviy tadbirlarni o‘tkazish jarayonida shakllantirib boriladi. Bundan esa, barcha pedagogik-pedagogik sikl fanlarning talabalar tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda maxsus tarbiyaviy ta’sir omili ekanligi haqida bir xulosaga kelish uchun izn beradi. Bu o‘rinda pedagogok fanlar bloki hamda ularni mustaqil o‘zlashtirishda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarning shuningdek interfaol usullarning muhim imkoniyatlaridan foydalanish o‘rinlidir. Albatta, bu maqsadni amalga oshirish uchun pedagogik va pedagogik fanlarni o‘zlashtirishda uzviylikka e’tiborni qaratish, vatanparvarlik, fuqarolik tarbiyasi, shaxs ma’naviyatini shakllantirishga rag‘batlantirish uning asosiy omillaridan biri bo‘lib hisoblanadi. 89 Bu ta’sir o‘zaro hamkorlikda ta’sir ko‘rsatish – ishontirish tarzida amalga oshirilsa, majbur etish usuli zinhor qo‘llanilmasa, tarbiyaviy ta’sir kuchi shunchalik to‘laqonli bo‘ladi. Bunda: 1) talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish uchun rag‘batlantirish metodini qo‘llash orqali amalga oshirilsa, 2) talaba muayyan xulq – atvor me’yorini hosil qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bunday ta’sir shaxs ongini shakllantiruvchi (ishontirish metodlari); shaxs faoliyatini tashkil etuvchi va ijtimoiy xulqni ruvojlantiruvchi (faoliyatida mashq qildiruvchi va odatlantiruvchi metodlar); shaxs faoliyati va xulqini shakllantiruvchi metodlar (rag‘batlantirish va jazolash metodlari) asosida amalga oshiriladi. Bu kabi tarbiya metodlari bilan birgalikda mashg‘ulotlarning interfaol metodlaridan foydalanish ancha yuqoriroq natijani qo‘lga kiritishga yordam beradi. Tajriba sinov ishlari natijalaridan shu narsa ma’lum bo‘ldiki, talabalarda auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda quyidagi tamoyillarga rioya etish muhimdir: 1. Auditoriyadan tashqari o‘tkaziladigan ta’lim jarayonini aniq maqsadda tashkil etish, uning natijalarini xolis baholash, tarbiyaviy jarayonda tutgan o‘rnini aniqlash, uni pedagogik tahlil etish va baholash. 2. Bu jarayonni ilmiy, uzluksiz, izchil, tizimli asosda tashkil etish. 3. Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda samarali interfaol metodlarini izlab topish va ta’lim-tarbiya jarayonida qo‘llash. 4. Pedagogik fanlarni o‘qitishda ta’lim-tarbiya jarayonining (auditoriya va auditoriyadan tashqari mashg‘ulotlar) uzviyligini ta’minlash. 5. Ta’limda interfaol metodlar bilan bir qatorda ananaviy metodlar, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan o‘z o‘rnida samarali foydalnish. Demak, auditoriya va auditoriyadan tashqari ishlar jarayonida pedagogik bilimlar asosida talabalar tashkilotchilik mahoratini shakllantirish talabalar kasbiy tayyorgarligining uzviy qismi sanaladi. O‘z navbatida bu hol talabalarni ma’naviy– 90 axloqiy shakllantirishning ilmiy pedagogik asoslari yaratilganligi hamda maqsadning amalga oshirishda ma’lum shart-sharoitlar yaratilganligidan dalolat beradi. Ilmiy-tadqiqot so‘ngida quyidagi xulosalarga keldik: Talabalarning auditoriya va auditoriyadan tashqari tadbirlarni tashkil etish jarayonida tashkilotchilik mahoratini shakllantirishda interfaol usullar shuningdek pedagogik turkum fanlarning mazmun, mohiyati katta imkoniyatlarga ega. Talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirish ta’lim tarbiya jarayoniga uzviy va tizimli yondashishni talab etadi. Bu sohada ta’lim tizimiga texnologik yondashuv, ilg‘or, interfaol usullardan foydalanish maqsadga muvofiq keladi. Oliy pedagogik ta’lim tizimida talabalarda tashkilotchilik mahoratini shakllantirishga qaratilgan tajriba sinov ishlarining samarali natija berishi yuqorida sanab o‘tilganlar bilan izohlanadi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling