Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
238 Shaqiq Zohid aytadilar: "Agar bir kishining yomonligini zikr qilsang va unga rahming kelmasa, o‘sha holda sen undan yomonroqsan. Agar yaxshi kishini zikr qilib, qalbingda Allohga itoatning halovatini topmasang, yomon odamsan". Molik ibn Anas aytadilar: "Iso alayhissalomning bunday deganlarini eshitdim: Allohning zikridan boshqa kalomni ko‘paytirmanglar, qalblaring qattiq bo‘ladi. Qattiq qalb Allohdan uzoq bo‘ladi, lekin bilmaysizlar. Birovlarning ayblariga arboblardek qaramanglar. Balki o‘zlaringizni quldek bilib qaranglar. Odamlar ikki qismdir: Balolangan va kechirilgan. Balolanganga rahm qilinglar, ofiyat uchun Allohga hamd aytinglar". Abu Abdulloh Shomiydan rivoyat qilinadi: "Tovusning huzuriga kirishga ruxsat so‘radim. Bir qari kishi chiqdi. "Siz Tovusmisiz?" deb so‘radim. "Yo‘q, men o‘g‘liman", dedi. "Agar siz o‘g‘li bo‘lsangiz, u kishi qarib, aqli kamayib qolgandir", dedim. "Olimning aqli kamaymaydi", deb javob qildi o‘g‘li. Keyin u kishining oldilariga kirdim. "So‘ra, lo‘nda javob beraman", dedilar. "Qisqa aytsangiz, men ham qisqa aytaman", dedim. "Agar xohlasang, – dedilar, – senga Tavrotni, Injilni, Furqonni uch kalimada jam qilib beraman?" "Xohlayman", dedim. "Allohdan qo‘rq, Undan boshqadan Undan qo‘rqqandek qo‘rqma; Undan umid qil va umiding Undan qo‘rqishingdan ustun bo‘lsin; boshqaga o‘zing yaxshi ko‘rgan narsangni yaxshi ko‘r", deb aytdilar". Ammor ibn Yosir (r.a.) aytadilar: "Kim uch narsani jam qilsa, imonning hammasini jam etibdi: Kambag‘allikda infoq-ehson qilish, insofli bo‘lish va odamlar orasida salomni yoyish". Umar ibn Abdulaziz (rahmatullohi alayh) aytadilar: "Allohga sevimli ishlar uchtadir. Birinchisi – o‘ch olishga qodir bo‘lgan vaqtda kechirish; ikkinchisi – g‘azabi kelganda o‘zini bosish; uchinchisi – Allohning bandalariga yumshoqlik qilish, kim Allohning bandalariga yumshoqlik qilsa, unga ham yumshoqlik qilinadi". Hisham Hasandan rivoyat qiladilar: "Alloh taolo Odam alayhissalomga vahiy qildi: "Ey Odam, to‘rt narsani o‘zing va zuryodlaring uchun jam qil. Bittasi Menga, bittasi o‘zingga, bittasi sen va Mening oramda, bittasi sen va odamlar orasida. Men uchun bo‘lgani – Menga ibodat qilib, boshqani sherik qilmasliging; o‘zing uchun bo‘lgani – amaling, seni u bilan muhtoj bo‘lganingda mukofotlayman; Men bilan sening orangdagi – sening duo qilishing, Mening qabul etishim; sen bilan odamlar orasidagi – ularga o‘zingga qanday do‘st bo‘lishlarini xohlaganing kabi do‘st bo‘l". Alloh bilguvchiroqdir. ____________ Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling