Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mursal
- Mudallas
- Matruk
- MUALLIF MUQADDIMASI
www.ziyouz.com kutubxonasi
2 4. G‘arib – hadisning rivoyatida bir roviyning yakka haq, ba’zisida roviyning bir o‘zi bo‘lmog‘i. 5. Zaif – o‘zida «hasan»ning sifatlarini jamlamagan, uning shartlaridan biror shartni yo‘qotgan hadis. Fazilatli amal zikr etilgan bo‘lsa, zaif hadisga amal qilish mustahabdir. 6. Mursal – zaif hadisning bir turi, isnodining oxirida tobe’inning o‘zi (sahobani zikr qilmay) «Rasululloh shunday qilgan edilar», deydi. Buning hukmi ixtilofli. 7. Mu’zal – zaif hadisning bir turi, isnodidan ikki yoki undan ortiq roviyning tushib qolishi. U mursal va munqoti’dan ham yomon holatdir. 8. Munqoti’ – uzilishi qanday sababdan bo‘lmasin, isnodi ulanmagan hadis. Isnodining uzilishi boshdami, o‘rtasidami yoki oxiridami – buning farqi yo‘q. Munqoti’ning hukmi ham zaif hadis kabidir. 9. Mudallas – isnodidagi biron aybni yashirib, uning zohirini chiroyli ko‘rsatishga urinilgan hadis, uning hukmi zaif hadis hukmidadir. 10. Mavzu’ – Payg‘ambarga (s.a.v.) nisbat berilgan, lekin aslida to‘qib chiqarilgan yolg‘on hadis. Ulamolarning ijmosiga ko‘ra, uni rivoyat qilish halol emas. 11. Matruk – isnodida yolg‘onchi deb gumon qilingan roviyi bor hadis. Hukmi olinmaydi. 12. Munkar – isnodida zaif roviy bo‘lib ishonchli deb bilingan roviyning hadisiga zid kelgan hadis. 13. Marfu’ – Payg‘ambarga (s.a.v.) biror so‘z, fe’l, taqrir yoki sifatni izofa qilish. 14. Mavquf – sahobaga biror so‘z, fe’l, taqrirni izofa etish. Masalan: «Ali ibn Abu Tolib shunday dedi», deyish. MUALLIF MUQADDIMASI Alhamdu lillalhillazi hadana likitabihi va fazzolana ‘ala soiril umami biakromi anbiyaihi, hamdan yastajlibul marg‘uba min rizoihi va yasta’tiful maxzuna min ‘atoihi va yaj’aluna minash shakiriyna linu’amihi val’arifiynna lialaihi va sollallohu a’ala Muhammadin rosulihil mustofa va nabiyyihil mujtaba va ‘la alihi va ‘itratihit toyyibiyna va ‘ala ashabihi va ummatihi ajma’iyn. Faqih, zohid, amal qiluvchi olim Nasr ibn Muhammad ibn Ahmad ibn Ibrohim Samarqandiy rahmatullohi alayhi aytadi: Qaysi kishini Alloh taolo odobda taniqli, ilmda nasibali, hukm va pandu nasihatlarda ibratli, solihlarning siyratiga tavaqqufli va mujtahidlarning ijtihodida bo‘lishdek ulug‘ baxt bilan rizqlantirgan bo‘lsa, bunday kishini Allohning yo‘lida harakat qilishi lozim deb bildim. Chunki Alloh taolo aytadi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling