Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Bizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yo‘limizga hidoyat
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Bizning (yo‘limiz)da kurashgan zotlarni, albatta, o‘z yo‘limizga hidoyat
qilurmiz. Aniqki, Alloh chiroyli amal qiluvchi zotlar bilan birgadir”. (Ankabut, 69.) Ya’ni, ibodat va dinda harakat qilgan kishilarni shunga erishtiraman, deyilmoqda. Beshinchisi, pushaymonsiz istig‘for aytish, ya’ni Allohdan kechirishini so‘raydi-yu, ammo qilgan gunohlariga pushaymon bo‘lmaydi. Pushaymonsiz kechirim so‘rash foyda bermaydi. Oltinchisi, oshkora amal qilib, maxfiy amal qilmaslik, ya’ni oshkora qilganida ishlarini yaxshi bajaradi va yashirin, maxfiy holda yaxshi bajarmaydi, bu holda oshkoraligi unga hech bir foyda bermaydi. Yettinchisi, ixlossiz ko‘p amal qilish, ya’ni toat-ibodatda harakatni ko‘p qiladi, tirishadi, lekin Alloh taologa ixlos bilan amal qilmaydi. Ixlossiz uning amallari foyda bermaydi. Bunday amalda o‘zini-o‘zi aldagan bo‘ladi. Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 6 6. Abu Hurayra roziyallohu anhuning Rasululloh sallallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilishicha, u zot aytadilar: “Oxir zamonda sut soqqandek dunyoni sog‘ish uchun qavmlar chiqadi (kitobning boshqa bir nusxasida: “dunyoni tortadilar, jalb etadilar”), ya’ni din (nomi) bilan dunyoni yeydilar, (yana boshqa bir nusxada: “dunyoni oladilar”), ya’ni dunyoni egallab oladilar, so‘ng yumshoqligi qo‘y terisidek liboslar kiyadilar. Ularning tillari shakardan shirinroq, qalblari esa bo‘rilarning qalbidek”. Alloh taolo aytadiki: “Meni aldaysizlarmi yoki menga qarshi jur’at qilasizlarmi? (Jur’at qilish hech fikrlamasdan o‘zini qo‘rqmas, shijoatli ko‘rsatishdir) o‘zimga qasamki, albatta ularning ustiga bir fitnani yuborgayman, unda oqil-hakimlar lolu hayron qolgaydir”. 7. Abu Hurayra rivoyat qiladi: Payg‘ambarimizning yonlariga bir kishi kelib: “Yo Rasulalloh, men bir amalni qildim, uni sir saqladim, so‘ng undan xabardor bo‘lib qolishdi, mana shu narsa meni quvontirsa, bu amalda menga savob bormi?” dedi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytdilar: “Bu ishda sen uchun sirligi va oshkoraligida – har ikkisida ham savob bor”. 8. Faqih (Alloh rahmat qilsin) aytadi: Hadisning ma’nosi shuki, albatta, bir kishi o‘zining ishini oshkor etsa va bu amalga biror kishi iqtido qilsa, ergashsa, bas, u kishi uchun ikkita savob bor: bittasi – uning o‘z amali uchun, ikkinchisi - shu amali bilan birovni ergashtirganligi uchun. Rasulalloh sallallohu alayhi vasallam aytganlaridek: “Kimiki urfda yaxshi ishni joriy qilsa, shu yaxshi ishning savobi va ergashib shu yaxshi ishni qilgan kishining savobi unga qiyomatgacha yetib turadi. Va kimiki urfda yomon bir ishni joriy etsa, o‘sha yomonligining gunohi va ergashib shu yomonlikni qilgan kishining gunohi unga qiyomatgacha yetib turadi”. Ammo agar unga birov ergashganligi uchun emas, balki o‘zining ishi oshkora bo‘lganligi uchun quvonsa, bu holda amalining savobi ketishidan qo‘rqmog‘i kerak. 9. Abdulloh ibn Muborak rivoyat qilishicha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) aytadilar: “Albatta, maloikalar Allohning bandalaridan bittasining amalini ko‘taradilar, so‘ng bu amalni ko‘paytiradilar va poklaydilar, to Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib, to‘xtaydilar. Ularga Alloh taolo: “Albatta, sizlar bandamning amalini saqlovchisizlar. Men esa bandamning ichida nima borligini kuzatuvchiman, muhaqqaq, bu bandam amalida Menga ixlos qilmadi, bas, uni sijjiynga (kofir va fosiqlar ruhi turadigan joy) yozing”, deydi. Va yana bir bandaning amalini olib, ko‘tariladilar, u amalni oz va past sanashadi. Alloh taolo xohlagan manzilgacha yetib to‘xtaydilar. So‘ng Alloh taolo ularga: “Albatta, sizlar Mening bandamning amalini saqlovchisizlar va Men bandamdagi narsani kuzatuvchiman. Albatta, u bandam o‘z amalida Men uchun ixlos qildi, bas, uni illiyinga (solih bandalar ruhi turadigan joy) yozinglar”, deb aytadi”. Bu xabar, albatta, Alloh taolo uchun qilingan oz amal Alloh taolodan boshqaga qilingan ko‘p amaldan yaxshiroq ekanligiga dalildir. Albatta, Alloh taolo o‘zining fazli bilan ixlos ila qilingan oz amalni ziyoda etadi. Alloh taolo aytganidek: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling