Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar zarracha
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
“Shubhasiz, Alloh birovga bir zarra vaznicha zulm qilmas. Agar zarracha
yaxshilik bo‘lsa, uni bir necha barobar qilur va o‘z huzuridan ulug‘ ajr ato etur” (Niso, 40). Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 7 Ammo amali ko‘p bo‘lsa-yu, Alloh taolo uchun bo‘lmasa, bas, unday kishiga savob yo‘qdir va uning biror joyi jahannamdir. 10. Shufay Asbahiy aytadi: Madinaga kirdim, qarasam, bir kishining oldida odamlar yig‘ilgan ekan. “Bu kishi kim?” deb so‘radim. “Abu Hurayra”, dedilar. So‘ng unga yaqinlashdim, u odamlarga gapirar edi va bir ozdan keyin gapini to‘xtatdi, so‘ng odamlar tarqalib, yolg‘iz o‘zi qolganda: “Alloh taolo sizni eslasin, menga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan, yodlagan, o‘rgangan va bilgan hadislaringizni ayting”, dedim. Abu Hurayra: “O‘tir, senga Rasulalloh sallallohu alayhi vasallamdan eshitgan hadislarimni aytaman”, dedi. Men bilan Abu Hurayradan boshqa hech kim yo‘q edi, keyin xo‘rsinib yig‘lab yubordi va hiqillagan, yuzlari qizargan holda bir oz vaqt turib qoldi, o‘ziga kelganidan so‘ng yuzlarini artdi. “Rasulullohdan eshitgan hadisni senga albatta aytaman”, dedi, so‘ng yana xo‘rsinib yig‘lab yubordi va ozroq turib qoldi, keyin o‘ziga kelib, ko‘z yoshllarini artdi-da, aytib berdi: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam menga aytdilarki: “Albatta, Alloh taborak va taolo qiyomat kunida O‘zining yaratganllari orasida butun itoatli ummatga hukm qiladi. Birinchi, Qur’onni yod oldim deb da’vo qilgan kishiga, Alloh yo‘lida o‘ldirilgan kishiga va moli ko‘p kishiga hukm qiladi. Alloh taolo (Qur’on yodlagan) qoriga aytadiki: “Rasulimga tushirgan narsani senga o‘rgatmadimmi?” “O‘rgatding, yo Parvardigor”, deydi. “O‘rgatgan narsalarimdan nimalarga amal qilding?” deydi Alloh. “Kecha va kunduzlarda Qur’on o‘qishda qoim bo‘ldim” deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi. Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!” deydilar. “Balki sen, falonchi qori, deyishlarini xohlagan eding va albatta shundoq deyishdi ham”, degay va do‘zaxga olib borishlarini amr etgay. Dunyo egasiga: “Men senga molu dunyo berdim, sen Men uchun nima amallar qilding?” deydi. Shunda u : “Molimni silai rahmga sarfladim va sadaqalarga ishlatdim”, deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!” deydilar. “Balki, falonchi saxiy kishi ekan, deyishlarini xohlagan eding va shundoq dedilar ham”, degay hamda do‘zaxga olib borishlarini buyurgay. So‘ng Alloh taolo yo‘lida o‘ldirilgan kishini keltiradilar. Unga: “Nima uchun o‘ldirilding?” deydi. “Senning yo‘lingda jang qildim, hatto o‘ldirildim”, deydi. “Yolg‘on aytding!” deydi Alloh taolo va maloikalar ham: “Yolg‘on aytding!” deydilar. “Balki seni “Falonchi jasur” deyishlarini xohlagan eding. So‘ng shun-day deyishdi ham”, degay. Va do‘zaxga olib borishlari amr etgay... “Keyin Rasululloh sallallohu alayhi vasallam tizzamga qo‘llari bilan urib: “Ey Abu Hurayra, bu uch turli kishilar ular bilan qiyomat kuni jahannam qizdiriladigan Allohning ilk maxluqlari”, dedilar. So‘ng bu xabar Muoviyaga yetgach, qattiq yig‘ladi. “Alloh va uning rasuli to‘g‘ri aytadi”, dedilar. So‘ng bu oyati karimani o‘qidi: Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling