“(Zotan) Biz ular qilgan har bir (yaxshi) amalga kelib, uni sochilgan to‘zon
(kabi) qilib qo‘ygandirmiz” (Furqon, 23), ya’ni Alloh taolodan boshqasi uchun
qilingan amallarning savobini yo‘q etib, ularni xuddi sochilgan to‘zondek qilgaymiz. (U
to‘zon quyosh nurida ko‘rinadigan chang-g‘uborga o‘xshashdir).
5. Sufyon Savriydan, uning Mujohiddan eshitganlarini Vaki’ rivoyat qiladi. Aytishlaricha,
Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam oldilariga bir kishi keldi va: “Yo Rasulalloh
men sadaqa qilmoqchiman va shu sadaqa bilan Allohnning roziligini topmoqchiman,
meni yaxshi deyishlarini xohlayman”, dedi. So‘ng ushbu oyat nozil bo‘ldi:
“Bas, kim Parvardigoriga ro‘baro‘ bo‘lishidan umidvor bo‘lsa, (ya’ni kim Alloh
taoloning qudratidan qo‘rqib tursa va Allohning savobini xohlagan bo‘lsa), u
holda yaxshi amal qilsin va Parvardigoriga bandalik qilishda biron kimsani
Unga sherik qilmasin (ya’ni, qiladigan amallarini yolg‘iz Alloh uchun qilsin)”
(Kahf, 110).
Hakimlardan biri aytadi: “Kim yetti amalni yetti narsasiz qilsa, qilgan amali unga foyda
bermaydi. Birinchisi, qo‘rquv bilan, ammo saqlanmasdan amal qilsa, ya’ni, albatta men
Allohning azobidan qo‘rqaman, desa-yu, gunohlardan ehtiyot bo‘lmasa. Bas, bunday so‘z
unga hech qanday foyda bermaydi. Ikkinchisi, talabsiz umid bilan amal qilsa, ya’ni men
Alloh taoloning savobidan umid qilaman, deydi, ammo solih amallar bilan savobni talab
etmaydi, uning so‘zidan biror foyda yo‘qdir. Uchinchisi, qasdsiz niyat, ya’ni yaxshilik va
toat-ibodatlar kabi amallar qilishlikni qalbida niyat etadi. Shuni qilishlikni o‘zi qasd
qilmaydi, uning niyatidan biror foyda yo‘qdir. To‘rtinchisi, harakatsiz duo qilish, ya’ni
yaxshi ishlarga muvaffaq etishni so‘rab Alloh taologa duo etadi, ammo harakat
qilmaydi, uning duosidan hech bir foyda yo‘q. Holbuki, Alloh taolo yordam qilishi uchun
harakat lozimdir. Alloh aytadiki:
Do'stlaringiz bilan baham: |