Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
II BOB. O‘LIM QO‘RQINCHI VA SHIDDATI
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
II BOB. O‘LIM QO‘RQINCHI VA SHIDDATI 17. Faqih Abu Lays Samarqandiy aytadi: Anas ibn Molik roziyallohu anhu Payg‘ambarimizdan rivoyat qilib aytadiki: “Kim Alloh bilan uchrashmoqni yaxshi ko‘rsa, Alloh ham u bilan uchrashmoqnni yaxshi ko‘rgay va kim Alloh taolo bilan uchrashmoqni yoqtirmasa, Alloh ham u bilan uchrashmoqni yomon ko‘radi”. Shunda: “Ey Rasululloh, biz hammamiz o‘limni yomon ko‘ramiz-ku”, deb aytdilar. “Bu yomon ko‘rishlik emasdir. Agar mo‘min kishi o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsa, Alloh taolo uning huzurida yaxshilardan bo‘lib qaytishligi haqida o‘sha bandaga xushxabar keladi va unga Alloh diydoridan yaxshiroq biror narsa bo‘lmaydi va Alloh ham uni uchratmoqni yaxshi ko‘radi. Agar fojir yoki kofir o‘lim to‘shagida yotgan bo‘lsa, Alloh taolo uchun yomonlardan bo‘lganligi, yomonlardan hisoblanganligi aytilib, qo‘rqitib, ogohlantirish keladi va u Alloh bilan bo‘ladigan uchrashuvni yomon ko‘radi. Alloh ham u bilan ko‘rishmoqni xohlamaydi”, dedilar Nabiy (s.a.v.). 18. Payg‘ambarimizdan Hasan rivoyat qiladi. Aytdilarki: “Mo‘min odamga o‘limning og‘irligi va uning qiyinligi shu qadarki, qilich bilan uch yuz zarba urgandek”. Faqih aytadi: Kimiki o‘limga ishonsa va o‘lim unga ham keladi, undan hech chora yo‘q, deb bilsa, o‘sha inson solih amallari bilan va nopok ishlardan tiyilishi, o‘zini undan chetlashi bilan o‘limga hozirlik ko‘rmog‘i lozim bo‘ladi. O‘sha o‘lim o‘ziga qachon yetishini bilmaydi. Payg‘ambar (s.a.v.) o‘z ummatlariga o‘limning og‘irligini, uning achchiqligini nasihat qilib, o‘limga tayyorlanmoqliklarini, har doim hozir bo‘lib turmoqliklarini va bu dunyoning qiyinchiliklariga sabr qilmoqliklarini bayon qilib berdilar. Chunki dunyo mashaqqatlariga sabr qilish o‘limning qiyinchiligidan yengilroqdir. Chunki o‘lim qiyinchiligi va og‘irligi oxirat azoblaridandir. Oxirat azobi bu dunyo azobidan qattiqroqdir. 19. Jobir ibn Abdulloh Payg‘ambardan (s.a.v.) rivoyat qiladi: Dedilarki: “Bani Isroil haqida gapiringlar, uning zarari yo‘q, chunki ular ko‘p ajoyibotlari bo‘lgan qavmdir”. So‘ng odamlar ular haqida gaplasha boshladilar. Shunda Nabiy (s.a.v.) aytdilarki: “Bani Isroildan bir qavm chiqdi, ular bir qabriston oldiga kelishdi va: “Agar namoz o‘qib, so‘ng Rabbimizga duo qilsak, biz uchun ba’zi o‘liklarni chiqaradi va bizga o‘lim haqida xabar beradi”, dedilar hamda namoz o‘qib, Parvardigorga duo qildilar. Ular shunday duo qilib turgan vaqtlarida to‘satdan bir kishi qora qabrdan boshini ko‘tarib: “Ey odamlar, nimani xohlaysizlar? Allohga qasamki, men to‘qson yil ilgari o‘tganman, lekin o‘lim azobi, uning achchig‘i xuddi hozir bo‘layotgandek, haligacha mendan ketgani yo‘q, Alloh taologa duo qilinglar, men qanday bo‘lsam, o‘sha holimga qaytarsin”, dedi. Uning ikki ko‘zi orasida sajda izlari bor edi”. 20. Abdulloh ibn Musavvar Hoshimiydan rivoyat qilinadi: “Bir kishi Payg‘amibarimiz huzurlariga kelib, menga ilmning g‘aroyiblaridan o‘rgatmog‘ingiz uchun huzuringizga keldim”, dedi. Shunda unga: “Ilmning avvalida nima ishlar qilding?” dedilar. U: “Ilmning avvali nima?” deb so‘radi. “Ulug‘ va qudratli Rabbingni tanidingmi?” dedilar. “Ha”, deb javob berdi. “Allohning haqqiga nima ishlar qilding?” deb so‘radilar. “Alloh xohlaganicha ishlar qildim” deb javob berdi. Keyin: “O‘limni bildingmi?” dedilar. “Ha”, dedi. “O‘lim uchun nima hozirlik ko‘rding?” dedilar. “Alloh xohlaganicha”, dedi. “Borgil va u yerda |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling