Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
15 Hakim aytadiki: “Oqil inson uch narsani hech esdan chiqarmasin. Dunyoning o‘tkinchiligini, undan qachondir ajralishini va o‘limning shunday ofatlariniki, undan hech bir kishi omonda qolmagay”. Hotamul Asam aytadiki: “To‘rt narsaning qadrini to‘rt kishi bilgay: yoshlikning qadrini yoshi o‘tib qolganlar, tinchlik-xotirjamlik qadrini boshiga balo tushganlar biladi. Sog‘lik- salomatlik qadrini kasal bo‘lib, hech narsaga yaramay qolganlar, tiriklik qadrini o‘tganlar biladi”. Shu so‘zlar yuqorida aytilgan: “Besh narsadan oldin besh narsani g‘animat bil” degan gapga muvofiq keladi. Amr ibn Osning o‘g‘li Abdullohdan rivoyat qilinadi: Otam: “Men o‘lim to‘shagida yotgan kishidan ajablanaman, uning aqlu hushi, tili joyida bo‘lsa, endi qanday qilib o‘limni sifatlab bera olmaydi”, der edi. So‘ng vaqti kelib, o‘zi ham o‘lim to‘shagida yotdi, uning aqlu hushi, tili joyida edi. Shunda otamga: “Ey ota! Siz o‘layotgan kishi aqlu hushi, tili bo‘la turib, o‘limni sifatlab bermasligiga ajablanaman”, der edingiz”, dedim. Shunda u: “Ey o‘g‘lim, o‘lim sifatlab berishlikdan kattaroq narsa ekan. Lekin senga o‘limdan ba’zi narsalarni sifatlab beraman. Allohga qasamki, go‘yo yelkamda Rizvo va Tuhoma tog‘i turgandek. Go‘yo mening ruhim igna teshigidan chiqayotgandek, go‘yo mening ichim tikanlar bilan to‘lgandek. Go‘yoki osmon yer ustiga yopilganu men ularning orasida qolib ketgandekman”. So‘ng shunday dedi: “Ey o‘lim, mening holatim uch ko‘rinishda o‘tdi. Avvalida Muhammadni (s.a.v.) o‘ldirish uchun insonlarning eng horisrog‘i bo‘ldim. Ey voh, ne ko‘rgilik bo‘lardi agar o‘sha vaqtda o‘lib ketsam, keyin Alloh meni Islomga hidoyat qildi va Muhammad (s.a.v.) men uchun odamlarning eng yaxshisiga aylandi, meni askarlarga boshliq qildi. Koshki men ana o‘sha vaqtda o‘lsam edi. Rasulullohning (s.a.v.) duolari menga yetgan bo‘lardi. Shundan so‘ng dunyo ishlari bilan shug‘ullanib, ovora bo‘lib ketdik, endi Allohning huzurida holim ne bo‘ladi, bilmayman”. O‘g‘li uning huzurida jon taslim qilguncha turdi. Shaqiq ibn Ibrohim aytadi: “Insonlar o‘z so‘zlarida to‘rt narsada men bilan muvofiq bo‘ldilar. Menga amallarida o‘sha to‘rtta narsada xilof bo‘ldilar. Birinchisi, biz Alloh taoloning qulimiz, bandasimiz, deydilar, ammo hurlarning ishlarini qiladilar. Ikkinchisi, Alloh bizning rizqimiz uchun kafildir, deydilar, lekin ularning qalblari hech tinchlanmaydi, magar shu dunyodan biror narsa topishi bilan taskin topadi. Uchinchisi, oxirat bu dunyodan yaxshiroq, deydilar, ammo faqat shu dunyolari uchun mol-dunyo to‘playdilar. Hammamiz uchun o‘lim bor, deydilar, biroq xuddi o‘lmaydigan qavmning ishlarini qiladilar”. Abu Zarrdan rivoyat qilinadi: “Uch narsa meni ajablantirib, oxiri kuldiradi va yana uch narsa meni g‘amgin qilib, oxiri yig‘latadi. Meni kuldiradigan uchtadan birinchisi, o‘lay deb turib, dunyoni orzu-havas qilguvchi kishidir, ya’ni orzu qilishda chuqur ketadi va o‘limni hech o‘ylamaydi. Ikkinchisi, o‘limning ichida turib g‘aflatda bo‘lguvchi kishidir, ya’ni o‘limdan g‘aflatda bo‘ladi, ko‘z oldida qiyomat bo‘lsa ham. Uchinchisi, Alloh taolo undan g‘azabdami yoki rozimi bilmasdan turib, xoxolab kuluvchi kishidir. Yig‘latadigan narsalar: eng yaxshi ko‘rganidan ayrilish, ya’ni Muhammadning (s.a.v.) va sahobalarining bu dunyodan o‘tib ketganligi. Ikkinchisi, ko‘tarishlikning dahshati, ya’ni |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling