Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
“Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni aldab
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
- Bu sahifa navigatsiya:
- “Albatta, munofiqlar
“Albatta, munofiqlar Allohni aldamoqchi bo‘ladilar. Holbuki, Alloh ularni aldab
qo‘yguvchidir” (Niso, 142). Faqih, Alloh rahm qilsin, aytadi: Kim amallari savobini oxiratda topaman desa, u Alloh taologa xolis amal qilmog‘i, riyosiz qilmog‘i, keyin ajablanish (odamlarning hayrati) bu amallarni botil qilmasligi uchun qilgan yaxshi amallarini unutmog‘i lozim bo‘ladi. Chunki aytiladi: “Toatni saqlashlik uni qilmoqdan ko‘ra qiyinroqdir”. Abu Bakr Vositiy aytadi: “Toatni saqlash uni qilishdan ko‘ra qiyinroqdir, chunki uning misoli tez sinadigan shishaga o‘xshaydir. U yamoqni qabul qilmaydi. Shuningdek, amal Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy www.ziyouz.com kutubxonasi 11 ham, agar riyo aralashsa, uni sindiradi, agar manmanlik aralashsa ham, uni sindiradi. Kishi bir amalni qilganda riyo aralashib qolishidan qo‘rqsa, qo‘lidan kelsa, riyoni ko‘nglidan chiqarsin, so‘ngra shuning uchun o‘sha narsaga harakat qilsin, agar imkoni bo‘lmasa, amalni qilaversin va amalni riyo tufayli tark qilib qo‘ymasin. Keyin Allohdan istig‘for so‘rasin, bu ishda riyosi o‘rniga shoyadki, Alloh boshqa amalida ixlosmand qilib qo‘ysa”. Bu to‘g‘rida aytiladiki, albatta, riyo qilguvchilar o‘lganlaridan beri dunyo xarobdir. Chunki ular yaxshi amallarni qilardilar, qalandarxonalar, ko‘priklar, masjidlar kabi narsalarnnni qurardilar. Bu narsalarda odamlar uchun foyda bor edi, garchi riyo uchun bo‘lgan bo‘lsa ham. Ko‘pincha musulmonlarndan birontasinning duosi foyda berib qoladi... Ba’zi o‘tgan kishilardan rivoyat qilinadi: Bir yo‘lovchi kambag‘allar uchun musofirxona qo‘rgan ekan. U o‘ziga-o‘zi aytar ekanki: “Bilmadim, bu amalim Alloh taolo uchunmi yoki yo‘qmi”, deb. Bas, bir kuni tushida bir kishi kelib: “Agar amaling Alloh uchun bo‘lmasa ham, musulmonlardan bittasi duo qildi. Amaling Alloh uchun bo‘ldi”, deydi. Shunda ko‘p xursand bo‘lgan ekan. Huzayfa ibn Yamon oldida bir kishi: “Yo Parvardigor, munofiqlarni halok qilgin”, debdi. Xuzayfa shunda: “Agar ular halok bo‘lib ketsalar, dushmanlaringdan haqlaringni ola bilmas edinglar”, ya’ni ular g‘azotga chiqib, dushman bilan urushardilar, degan ekan. Faqih, Alloh rahmat qilsin, aytadi: Odamlar farzlar to‘g‘risida so‘zlashibdilar. Ba’zilari debdi: “Unda riyo yo‘q. Chunki u butun xalqqa farzdir. Agar kishi ustidagi farzni ado qilsa, bu riyoga kirmaydi”. Ba’zilar esa: “Riyo farzlarga ham, boshqalariga ham kiradi”, deb aytdi. Bu ish mening nazdimda ikki xildir. Birinchi: agar bir inson farz amallarini riyo uchun – insonlarga ko‘rinish uchun ado qilsa, u ishni ado qilmabdi. Bu esa butunlay munofiqlikdir. Alloh taolo o‘z so‘zida munofiqlar haqida aytgan: “Albatta, munofiqlar Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling