qilgan amaldan ham behojatman, so‘ng Menga boshqani sherik qilib amal
etgan kimsadan ham bezorman”.
Ya’ni, birov uchun qilingan amaldan ham va shu amalni bajaruvchidan ham behojatman,
deydi. Albatta, Alloh taolo bu amaldan biror narsani qabul qilmaydi, faqat ixlos bilan
qilingan amalni qabul etadi. Agar ixlos bo‘lmasa, unday amalni qabul etmaydi. Oxiratda
unga savob yo‘qdir va uning borar joyi jahannamdir. Bunga dalil Alloh taoloning so‘zi:
“Kim naqd(dunyo)ni ko‘zlovchi bo‘lsa, Biz (shu dunyoda ulardan) o‘zimiz
istagan kimsalar uchun o‘zimiz xohlagan narsani naqd qilib berurmiz”. Ya’ni,
kimki dunyo ishini xohlasa, oxirat savobini umid qilmasa, dunyo matosidan
xohlaganimizcha shu dunyoda unga beramiz. “Kim uchun”, ya’ni kimni xohlasak, halok
qilurmiz va “kimniki xohlasak”, dunyo matosidan nimaiki bo‘lsa, xohish-irodamiz bilan
berurmiz, uning xohishi bilan emas, deyiladi. “So‘ng unga jahannamni joy qilib
berurmiz”. Ya’ni, Biz oxiratda unga do‘zaxni vojib qilgaymiz, “unga kiradigan”, ya’ni
do‘zaxga kiradigan. “Mazammat va quvg‘inga duchor bo‘lgan holda”, ya’ni Alloh
taoloning rahmatidan uzoqlashtirilgan holda do‘zaxga tashlanadi. “Kimiki oxiratni
istasa”, ya’ni kim oxirat savobini istasa, “oxiratga loyiq sa’y-harakat qilsa”, ya’ni Alloh
taologa ixlos bilan amallarini oxirat uchun qilsa, “mo‘min bo‘lgan holda”, ya’ni amal bilan
birga imonli bo‘lsa, chunki amal imonsiz qabul qilinmaydi: “unday zotlar”, ya’ni dunyoda
riyo uchun amal qilmay, oxirat savobini talab etib, amal qilgan zotlar... “Unday
zotlarning sa’ylari (Alloh nazarida) maqbuldir”, ya’ni ularning amallari qabul bo‘ladi.
“Bu dunyoda odamlarning barchalariga – mana bularga ham, anavilarga ham
Parvardigoringizning ne’matidan ato eturmiz”, ya’ni ikki jamoaga –
mo‘minlarga ham, kofirlarga ham Parvardigoringiz rizqidan beriladi.
“Parvardigo-ringizning ne’mati man qilinmas” (Al-Isro, 18-20), ya’ni
Parvardigoringizning rizqi bu dunyoda hech kimdan – mo‘min, kofir, yaxshi va
yomondan man’ qilinmaydi.
Bu oyati karimada Alloh taolo, albatta kimiki Allohdan boshqa uchun amal qilsa, oxiratda
unga savob yo‘qligini va borar joyi jahannam ekanligini bayon qildi. Kimiki Alloh taolo
uchun amal qilsa, uning amali maqbuldir. Agar Alloh taolodan boshqasi uchun amal
qilsa, unga amalidan foyda yo‘q, faqatgina, xabarda kelganidek, mashaqqat va qiynalish
bor, xolos.
4. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam aytdilar:
“Ro‘zador borki, uning ro‘zasida faqat ochlik va chanqoqlikdan boshqa hech qanday
nasiba yo‘qdir. Sahar turuvchi borki, uning turishida faqat erta uyg‘onish va qiynalishdan
boshqa hech nasiba yo‘qdir”. Ya’ni, agar ro‘za va namoz Alloh taolo uchun bo‘lmasa,
unga savob yo‘q.
Hukamolarning ayrimlaridan rivoyat qilinadi “Riyo va dovruq uchun toat-ibodat qilgan
Tanbehul g’ofilin. Al-Faqih Abu Lays as-Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
5
kishining misoli cho‘ntagini toshga to‘ldirib bozorga chiqqanga o‘xshaydi. Odamlar
aytishadi: “Bu kishining cho‘ntagi qanchalar to‘la”. Holbuki, unga insonlarning shu
so‘zidan boshqa foyda yo‘qdir va agar biror narsa sotib olmoqchi bo‘lsa, unga hech narsa
berishmaydi. Riyo va dovruq uchun qilingan amal ham shunday. Oxiratda unga savob
bo‘lmaydi. Alloh taolo aytganidek:
Do'stlaringiz bilan baham: |