Microsoft Word tanbehul gofilin ziyouz com doc
Download 1.37 Mb. Pdf ko'rish
|
Abu Lays Samarqandiy. Tanbehul g\'ofiliyn
www.ziyouz.com kutubxonasi
246 5. Qaerda bo‘lsang ham, Allohning zikrini ko‘paytir, shunda gunohlardan saqlanasan". Ibrohim ibn Adhamdan zikr qilinadi. U kishi bir odamning dunyoviy gaplarni gapirib yurganini ko‘rdi. Uning oldida to‘xtab: "Sen bu so‘zlar bilan savob umid qilasanmi?" dedilar. U kishi: "Yo‘q", dedi. Ibrohim ibn Adham aytdilar: "Bu bilan azobdan omon bo‘lasanmi?" "Yo‘q". Ibrohim ibn Adham aytdilar: "Savob umid qilmaydigan va azobdan emin bo‘lmaydigan gaplarni gapirib nima qilasan? Sen Allohning zikrini qil". 604. Ka’bul Ahbor (r.a.) aytadilar: "Bizlar Allohning payg‘ambarlariga nozil qilgan kitobida quyidagi so‘zlarini topdik. Alloh aytadi: "Kimni Meni zikr etish mashg‘ul qilib, Mendan so‘rashni unuttirsa, unga Mendan so‘raganlardan ham oliyrog‘ini beraman". Fuzayl ibn Iyoz (r.a.) aytadilar: "Allohning ismi zikr qilinadigan uy qorong‘i uydagilarga chiroq qanday nur bersa, osmon ahliga shunday yorug‘lik beradi. Allohning ismi zikr qilinmaydigan uy o‘z ahliga qorong‘ilik qiladi". Rivoyat. Muso (a.s.) aytdilar: "Ey Rabb, men Sen yaxshi ko‘rganlarni va yomon ko‘rganlarni qanday bilaman?" "Ey Muso, agar Men bandani yaxshi ko‘rsam, unda ikki alomat qilaman". Muso aytdilar: "Ey Rabb, ular nima?" "Men uni yer va osmon mulklarida zikr etishim uchun unga zikrimni ilhom qilaman, unga azobim va g‘azabim yetmasligi uchun uni g‘azabimdan va harom qilganlarimdan saqlayman. Ey Muso, agar Men biror bandani yomon ko‘rsam, unda ikki alomat qilib qo‘yaman", dedi Alloh taolo. Muso (a.s.) aytdilar: "Ey Rabb, u ikkalasi nimalar?" Alloh aytdi: "Zikrimni unuttiraman, o‘zi va nafsi orasini xoli qilaman, toki Mening haromlarim va qahrimga tushsin, shunda unga azobim va g‘azabim yetadi". 605. Abu Mulayh otasidan rivoyat qiladilar: "Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning ulovlariga sahobalaridan biri mingashib olgan edi. Ot qoqilib ketdi. Shunda sahobiy: "Qurib ketgur, shayton", dedi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Qurib ketgur, shayton, deb aytma, unday desang, uydek katta bo‘lib ketadi. Bismilloh, de. Shunda u kichrayib, pashshadek bo‘lib qoladi". 606. Dovud ibn Qays (r.a.) Nofe’ ibn Jubayrdan (r.a.) rivoyat qiladilar. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Majlisning kafforati, agar birontangiz turmoqchi bo‘lsangiz, subhanaka-llohumma va bihamdika, ashhadu al la-a ilaha illa anta, astag‘firuka va atubu ilayka", deb aytishdir. Agar majlis zikr majlisi bo‘lsa, bu so‘zi qiyomatgacha uning muhri bo‘lib qoladi. Agar lag‘v – bema’ni majlis bo‘lsa, oldin o‘tgan so‘zlariga o‘sha zikrlari kafforat bo‘ladi". 607. Muhammad ibn Vosi’ aytadilar: "Makkaga keldim, shunda Solim ibn Abdullohning tug‘ishganini uchratdim, u otasidan, otasi bobosidan, bobosi Umar ibn Xattobdan (r.a.) bu hadisni rivoyat qildi: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Kim bozorga kirganda, la-a ilaha illallohu vahdahu la-a sharika lahu lahul mulku va lahul hamd yuhyiy va yumiyt va huva hayyul la-a yamut biyadihil xoyr va huva ‘ala kulli shay’in qodir, desa, Alloh unga milyonta yaxshilik yozadi, milyonta xatosini o‘chiradi va darajasini milyon marta ko‘taradi". So‘ng Xurosonga keldim. Qutayba ibn Muslimning oldilariga kirib: "Sizga hadya keltirdim", deb o‘sha hadisni aytib berdim. Qutayba ibn Muslim (r.a.) otlariga minib bozorga keldilar va shu kalimalarni aytib, keyin qaytib ketdilar". |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling